Bozorova Ro‘zigul Sharofovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada mehrni umuminsoniy qadriyatlar asosida singdirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal319.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari” milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Huseynova Abira Amanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada mehrni umuminsoniy qadriyatlar asosida singdirish orqali oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehr tushunchasining fozillik, o‘zgalar haqida g‘amxo‘rlik, muhtojlarga muruvvat ko‘rsatish kabi falsafiy-ahloqiy jihatlari, saxiylik va insonni qadrlash kabi filantropik, nazariya va amaliyot birligiga oid ratsional-pragmatik, ijtimoiy-axloqiy tarbiyaga oid xalqparvarlik, fazilatlarni rivojlantirish va illatlardan himoyalanish funksiyalarining mohiyati ochib berilgan;
mehr tushunchasining genezisida davlatga sadoqat va tabaqalar ierarxiyasiga bog‘liqlik kabi ijtimoiy, shaxslararo munosabatlarda o‘zaro ahillik, sadoqat va fidoiylik kabi falsafiy ko‘rinishlari hamda uning burchga sodiqlik, aqlga muvofiqlik, haqiqatparastlik, birlashish, referentlashish, o‘zaro ahillik kabi gumanistik jihatlari ochib berilgan;
mehr tushunchasining o‘zaro muloqotda halollik, hamfikrlik, xotirjamlik, ishonch kabi ijobiy ruhiy kayfiyatni bag‘ishlashi sababli shaxs ma’naviy-axloqiy fazilatlarining muhim omili ekanligi, mehrning tabiat, erkinlik, bag‘rikenglik, tinchlik, madaniy meros, din kabi tushunchalar bilan dialektik aloqadorligi, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishdagi kelishmovchilik va nizoli jarayonlarning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy ahamiyati asoslangan;
oila hamda jamiyatda mehr va mehrlilikni barqaror qilishda ijobiy samaraga erishishda umuminsoniy, milliy, mafkuraviy, sinfiy, diniy, iqtisodiy qadriyatlarning dialektik uyg‘unligini ta’minlashda, inson qadri, qobiliyati, iste’dodini namoyon qilish orqali ijtimoiy immunitetni ta’minlanishi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada mehrni umuminsoniy qadriyatlar asosida singdirishning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
mehr tushunchasining fozillik, o‘zgalar haqida g‘amxo‘rlik, muhtojlarga muruvvat ko‘rsatish kabi falsafiy-ahloqiy jihatlari, saxiylik va insonni qadrlash kabi filantropik, nazariya va amaliyot birligiga oid ratsional-pragmatik, ijtimoiy-axloqiy tarbiyaga oid xalqparvarlik, fazilatlarni rivojlantirish va illatlardan himoyalanish funksiyalarining mohiyatiga oid xulosa va yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining “Nikoh uylari va mahallalarda tashkil etilgan maxsus o‘quv-tarbiyaviy kurslar”ida hamda “Mehrimiz sizga ” ayollar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy xuquqiy qo‘llab quvvatlash markazining 66-13/79-son “Birgalikda kambag‘allikka barham beramiz!” amaliy loyihasini (2020-2021 yy) amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 1 iyundagi 01-11/292-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehr tushunchasining oilalarda shaxs ma’naviy-axloqiy fazilatlarining muhim omili ekanligi, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishdagi ahamiyati bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etishi asoslangan va umuminsoniylik, insonparvarlik mehr va mehrlilik hodisasidan unumli foydalanish jamiyat hayotida uchrab turadigan salbiy illatlarga echim ekanligi singdirilgan;
mehr tushunchasining genezisida davlatga sadoqat va tabaqalar ierarxiyasiga bog‘liqlik kabi ijtimoiy, shaxslararo munosabatlarda o‘zaro ahillik, sadoqat va fidoiylik kabi falsafiy ko‘rinishlari hamda uning burchga sodiqlik, aqlga muvofiqlik, haqiqatparastlik, birlashish, referentlashish, o‘zaro ahillik kabi gumanistik jihatlariga oid yangilik va amaliy natijalardan “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “Fuqarolik jamiyati” kabi fanlarning o‘quv dasturlarini mazmunan takomillashtirish hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining o‘quv treninglari materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3816-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan fan dasturlarining mazmunan boyishi, o‘qitish sifatining oshishiga, yoshlarning oilada mehr-muruvat ko‘rsatish, bir-biriga mehrli bo‘lishlari uchun metodik yordam sifatida xizmat qilgan;
mehr tushunchasining o‘zaro muloqotda halollik, hamfikrlik, xotirjamlik, ishonch kabi ijobiy ruhiy kayfiyatni bag‘ishlashi sababli shaxs ma’naviy-axloqiy fazilatlarining muhim omili ekanligi, mehrning tabiat, erkinlik, bag‘rikenglik, tinchlik, madaniy meros, din kabi tushunchalar bilan dialektik aloqadorligi, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishdagi kelishmovchilik va nizoli jarayonlarning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-falsafiy ahamiyatiga oid xulosa va natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil ish rejasidagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” vazifalar ijrosiga qaratilgan ma’naviy ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari dasturi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 28 oktyabrdagi 02/07-917-son ma’lumotnomasi). Natijada keng xalq ommasiga olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ijrosini ta’minlash, ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining sermazmunligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oila hamda jamiyatda mehr va mehrlilikni barqaror qilish aniq, pozitiv, ijobiy samaraga erishishda, umuminsoniy, milliy, mafkuraviy, sinfiy, diniy, iqtisodiy qadriyatlarning dialektik uyg‘unligini ta’minlashda, inson qadri, qobiliyati, iste’dodini namoyon qilish orqali ijtimoiy immunitetni ta’minlanishiga oid ilmiy xulosalar va natijalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi dasturlarida efirga uzatilgan “Munosabat”, “Assalom Buxoro”, “Qadriyatlar qadim beshigi” ko‘rsatuvlari dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 8 iyundagi 1/140-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, tomoshabinlarda mehr va mehrsizlik tushunchalarining ijtimoiy oqibatlari, avlodlar vorisiyligini saqlashda mehr munosabatlarining ta’siri, milliy ma’naviyatni yuksaltirish va oilaga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirishga xizmat qilgan.