Iskandarova Nodira Baxrambekovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nemis va rus mumtoz she’riyatida sharqona motivlar poetikasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1625.
Ilmiy rahbar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va rus mumtoz she’riyatidagi sharqona motivlar poetikasini ochib berish hamda nemis va rus mumtoz shoirlari asarlarining sharqona mavzular rivojiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq hayot falsafasi, she’riyati, san’at va adabiyotiga G‘arb nazari bilan qarash va sharqshunoslik (orientalizm) tushunchasining o‘zaro aloqadorligi dalillanib, ushbu o‘zaro bog‘liqlik asrlar davomida har ikki xalqda bir xil kechganligini va nemis adabiyotida Gyote, Xayne, Ryukkert, rus adabiyotida Pushkin, Lermontov, Jukovskiy kabi adiblar Sharqning o‘ziga xos poetikasidan ilhomlanib, o‘z ijodlarida tarixiy va badiiy-poetik evolyusiyani boshidan kechirgani asoslab berilgan;
rus va nemis she’riyatidagi sharqona motivlarning tadrijiy takomili aniqlanib, asarlardagi gumanizm, hayotiy haqiqatga sodiqlik, chuqur mushohada, umumlashtirish va tipiklashtirish, asar tilining rang-barangligi kabi badiiylik mezonlari ochib berilgan;
syujet rivojiga va qahramonlar xarakteriga ta’sir ko‘rsatgan umuminsoniy qadriyatga ega ishlarni amalga oshiruvchi qahramonni tarbiyalash, haqiqiy insoniylik, u o‘zini boshqalarga muhabbati ila ochganda o‘zini namoyon qilishi kabi asosiy sharqona motivlar dalillangan;
rus va nemis poeziyasida badiiy mukammal obraz yaratishda Sharqdagi ma’naviy-ahloqiy jihatlar, islom madaniyati tarixi, sivilizatsiyasi, dinlararo bag‘rikenglik va barcha sharqona shaxs ma’naviy qiyofasining o‘ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va rus mumtoz she’riyatida sharqona motivlar poetikasi tadqiqi natijasi asosida:
Qiyosiy adabiyotshunoslikning asosiy tushuncha, tamoyillari hamda tahlil metodlari, zamonaviy adabiyotshunoslikdagi tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, metodologik, ma’naviy, g‘oyaviy mezonlar asosida taqdim qilingan nazariy hamda amaliy asoslardan Erasmus+dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” grant loyihasida foydalanilgan (Urganch davlat universiteti 2021 yil 26 martdagi 06-68/6 - son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan va tadbiq qilingan “Qardosh xalqlar uchun hamkor dasturlar” kursini yaratishda materiallar bilan boyitilgan;
muallif badiiy mahorati va uslubi masalalariga doir ochib berilgan ilmiy natijalar hamda materiallardan Maxmud Zamaxshariyning “Muqaddimat-ul-adab” asarini tarjima va chop qilish” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 05 iyuldagi 3/1255-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy nazariy xulosalarning jahon adabiyotshunosligining ustuvor konsepsiyalariga muvofiqligi isbotlangan, ilmiy doiraga kiritilmagan muayyan manbalarning madaniy-adabiy va ijtimoiy-kommunikativ mohiyati yoritilgan.
nemis va rus mumtoz she’riyatidagi gumanizm, hayotiy haqiqatga sodiqlik, chuqur mushohoda va qahramonlar ichki dunyosining mahorat bilan ochib berilishi kabi badiiylik mezonlari g‘oyalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi muharririyati tomonidan tayyorlangan ”Ta’lim va islohot” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 6 apreldagi 493-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishning mavzular ko‘lami boyitilgan, radiotinglovchilar jahon adabiyotidagi durdona asarlar, ulardagi sharqona motivlar va umrboqiy g‘oyalar haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lganlar.