Qurbaniyazov Dao‘itbay Qalbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq matbuotida sarlavhaning semantik-strukturaviy va uslubiy xususiyatlari», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil720.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Qudriyarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bekbergenov Qidirbay Ayjariqovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sodda, qo‘shma, darak, so‘roq, undov, buyruq va to‘liqsiz gaplarning gazeta sarlavhalari sifatidagi vazifasini, leksik-semantik xususiyatlarini va uslubiy imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq tilshunosligida matbuotda publisistik uslubga xos semantik-stilistik, pragmatik xususiyatlarga ustuvorlik berish orqali gazetalarga informasion-konseptual, axboriy-trop, konspektli, reministik-ma’noli, nominativ obrazli sarlavhalar qo‘yishning psixolingvistik va lingvomadaniy jihatlari aniqlashtirilgan;
gazeta publisistik stilining axborotlarni etkazish va ta’sirchanligini oshirish vositasi sifatida gazeta sarlavhalarining funksional-stilistik va emotsional-espressiv mohiyati, verbal va noverbal lug‘aviy ma’nosi, anons, rubrika, epigraf hamda direktiv, grafik-ajratuvchilik, emotsional kabi informasion, appelyativ-ekspressiv va resipientivlik kabi kommunikativ funksiyalari aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq tilida faol qo‘llaniladigan naql-matal, frazeologizm, aforizm, toponim, antroponim, antonim, sonlar, o‘zlashma so‘zlar, qisqartmalarning gazeta sarlavhalarini shakllantirishdagi emotiv o‘rni hamda kommunikativ va ekspressiv ahamiyati uslubiy jihatdan emosional ta’sirchanlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
gazeta sarlavhalari tarkibida sodda, qo‘shma, bir tarkibli, to‘liqsiz, darak, so‘roq, undov, buyruq gaplarning qo‘llanilishi faktologik materiallar orqali dalillangan va sintaktik yo‘l bilan strukturaviy-funksional yasalish usullari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq matbuotida sarlavhaning semantik-strukturaviy va uslubiy xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalari asosida:
qoraqalpoq tilshunosligida matbuotda publisistik uslubga xos semantik-stilistik, pragmatik xususiyatlarga ustuvorlik berish orqali gazetalarga informasion-konseptual, axboriy-trop, konspektli, reministik-ma’noli, nominativ obrazli sarlavhalar qo‘yishning psixolingvistik va lingvomadaniy qonuniyatlarini aniqlashtirishga doir ilmiy xulosalardan “Qoraqalpog‘iston telekanalining “Erkin fikr” ko‘rsatuvi hamda Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 12 yanvardagi 4-09/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiy tilining rivojlanish darajasi ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot institutlari va keng ommaga targ‘ib qilingan;
gazeta publisistik stilining axborotlarni etkazish va ta’sirchanligini oshirish vositasi sifatida gazeta sarlavhalarining funksional-stilistik va emotsional-espressiv mohiyati, verbal va noverbal lug‘aviy ma’nosi, anons, rubrika, epigraf hamda direktiv, grafik-ajratuvchilik, emotsional kabi informasion, appelyativ-ekspressiv va resipientivlik kabi kommunikativ funksiyalarini aniqlashtirishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasining mazmunini boyitishda foydalanilgan (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 21 yanvardagi 11-05/5-01/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazeta sarlavhalarini lingvistik jozibadorligini oshirish orqali axborotlarni etkazishning emotsional-ekspressiv ta’sir darajasini oshirishga erishilgan;
gazeta sarlavhalari tarkibida sodda, qo‘shma, bir tarkibli, to‘liqsiz, darak, so‘roq, undov, buyruq gaplarning qo‘llanilishini faktologik materiallar orqali dalillash va sintaktik yo‘l bilan strukturaviy-funksional yasalish usullarini asoslash, qoraqalpoq tilida faol qo‘llaniladigan naql-matal, frazeologizm, aforizm, toponim, antroponim, antonim, sonlar, o‘zlashma so‘zlar, qisqartmalarning gazeta sarlavhalarini shakllantirishdagi emotiv o‘rni hamda kommunikativ va ekspressiv ahamiyatini emosional ta’sirchanlik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan “Erkin Qalaqalpaqstan” gazetasining mazmunini boyitishda foydalanilgan (“Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasining 2022 yil 21 yanvardagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazeta sarlavhalari tarkibiy tuzilmasini shakllantirishda faktik materiallardan samarali foydalanishga erishilgan.