Baxronova Dilrabo Keldiyorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “O‘zbek va ispan tillarida olam manzarasining lingvokognitiv kategoriyalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil359.
Ilmiy maslahatchi: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSC.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor; Virna Velaskes Vilchis (Meksika), filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ispan tillarida olam manzarasini kategoriyalashtirish jarayonining lingvokognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olam manzarasini kategoriyalashda individual-mualliflik modifikatsiyasining o‘rni, etnoslarga xos bilimlarni lisoniy-mental ifodalashning kognitiv-stilistik hosilasi majmuaviy mexanizm sifatida asoslangan;
olam manzarasi tavsifida namoyon bŭluvchi tildagi shaxsiyatning lisoniĭ ongidagi kognitiv jarayonlar uning lisoniy, fol`klor, mifologik, diniy, siyosiy, milliy manzara kabi detallashtirilishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘zbek va ispan tillaridagi materiallari misolida olam manzarasini kategoriyalashga xizmat qiluvchi vositalarning konseptual-mazmuniy xususiyatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan hayot – o‘tkinchi, umr – oqar daryo, el descaro es la felicidad (andishasizlik – baxtga yo‘l), la vida es mentira (hayot – yolg‘on) kabi konseptual-metaforik belgilar bilan qamrab olingan krossmadaniy modellari ishlab chiqilgan;
olam manzarasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib toifalangan har bir manzara maxsus kodga egaligining lingvokognitiv jihatlari nigoh – burgut, yurak – otning kallasi; qo‘rqoqlik – quyon, chumchuq, jigar – yaqin qarindosh; ojos – aguilas, cobarde – gallina, lagartija, mariposa, riñon – dinero kabi ashyoviy materiallar orqali dalillangan hamda madaniy kod tushunchasi va uni deshifrovkalashning asoslari isbotlangan;
o‘zbek va ispan tillari mifologik va fol`klor manzaralari xususiyatlarini ochib berishda bo‘ri, condor kabi totemizm va geral`dik belgilar muhim ahamiyatga ega ekanligi davlat ramzlari tahlili orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ispan va o‘zbek tillarida olam manzarasining nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy tilshunoslikning lingvokognitiv tahlil masalalari, xalq va mentalitet, inson – til – tafakkur – madaniyat, dunyoqarash, olamning turli manzarasi, konseptual tadqiqotlar, etnoslar tarixida millatning/shaxsning lisoniy ongi, matnning konseptual mag‘zi, madaniy kod hamda til va tafakkur, til va madaniyat, til va inson, til va tarix masalalari bilan bog‘liq xulosalardan OT-F1- 71 raqamli “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat” nomli fundamental loyihada (2017-2020 yy.) foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2021 yil 2 iyundagi 03/1179-son ma’lumotnomasi). Natijada ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining etnolingvistik qiyofasi, til va tafakkur, til va madaniyat, til va inson, til va tarix masalalarini yoritishga xizmat qilgan;
ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘rganish jarayonida ibora va idiomatik birikmalardan foydalanish, tarjimada har bir millatning madaniy kodi hisoblangan til birliklari mohiyatini ochishga doir mulohazalar Ispaniyaning Jahon universitetlari reytingi (QS World University Rankings) ro‘yxatida 459-o‘rinda turuvchi Salamanka universitetida olib borilayotgan tadqiqotlarda foydalanilgan (Salamanka universiteti Centro de Estudios Ibericos y Americanos de Salamanca 2021 yil 5 iyulda berilgan 03.72-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidan ispan tiliga, ispan tilidan o‘zbek tiliga tarjimalarning mukammallashuviga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan va tarjimalar mazmuniga singdirilgan;
o‘zbek va ispan tillaridagi materiallari misolida olam manzarasini kategoriyalashga xizmat qiluvchi vositalarning konseptual-mazmuniy xususiyatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan hayot – o‘tkinchi, umr – oqar daryo, el descaro es la felicidad (andishasizlik – baxtga yo‘l), la vida es mentira (hayot – yolg‘on) kabi konseptual-metaforik belgilarga oid hamda turli tillar olam manzarasi haqidagi xulosalardan Meksika davlat avtonom universitetida “Metáforas y estudios culturales del español y uzbeko” mavzusida olib borilgan tadqiqot ishlarida va o‘quv jarayonida foydalanilgan (Meksika davlat avtonom universitetining 2021 yil 3 maydagi 799-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qŭllanilishi olam manzarasi milliy o‘ziga xoslikka egaligi va uni kategoriyalash tamoyili ma’lum kognitiv formulalarga asoslanganligining ochib berilishi tinglovchilarning ilmiy va amaliy bilimlarini oshirishga yordam bergan;
olam manzarasi tavsifida namoyon bŭluvchi tildagi shaxsiyatning lisoniĭ ongidagi kognitiv jarayonlar uning lisoniy, siyosiy, milliy manzara kabi detallashtirilishi olamning harbiy-lisoniy manzarasi, til siyosati kabi tadqiqot ishi natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtining hujjatlarida va ko‘rgazmali stendlar matnlarida foydalanilgan (Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtining 2021 yil 16 iyuldagi 526-son dalolatnomasi). Natijada bilim yurtining ko‘rgazmali stendlarida foydalanilgan ma’lumotlar, hujjatlardagi harbiy terminologik tarjimalar va matnlarni to‘g‘ri ifodalanishiga erishilgan;
olam manzarasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib toifalangan har bir manzara maxsus kodga egaligining lingvokognitiv jihatlari qo‘rqoqlik – quyon, chumchuq, jigar – yaqin qarindosh; ojos – aguilas, cobarde – gallina, lagartija, mariposa, riñon – dinero kabi xulosalardan «Ispan va o‘zbek tili lug‘ati»ning elektron varianti yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2016 yil 28 iyundagi 03894-son guvohnomasi). Natijada so‘zlarning adekvat tarjimalari va lug‘at maqolalari ostida beriluvchi iboralarning ispan tilidan o‘zbek tiliga muqobil variantlari berilishi lug‘atning samaradorlik jihatini oshirgan;
olam manzarasining o‘ziga xos xususiyatlari alohida ichki kategorial manzaralarga ajratilganda har bir manzara o‘ziga xos kodga egaligining lingvokognitiv xususiyatlari tahlilidan Evropa ispan tili o‘qituvchilari assotsiyasiyasi (Acociación Europea de los profesores de español) kongressi materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Evropa ispan tili o‘qituvchilari assotsiyasiyasining 2021 yil 3 maydagi 22/2019-son ma’lumotnomasi). Natijada ispan va o‘zbek xalqlarining etnolingvistik qiyofasi, tafakkur va madaniyatiga oid masalalar yoritilgan materiallar kongress ishtirokchilari bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
olam milliy-madaniy manzarasi xususiyatlarini ifodalovchi og‘zaki va yozma yodgorliklar, etnoslar milliy-madaniy merosini aks ettiruvchi axborot manbai hisoblangan totem va geral`dik belgilarning kognitiv-konseptual ifodasi tavsifidan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Valladolid University (Spain) - “2019-1-ES01-KA107- 061356” - (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Val`yadolid universiteti (Ispaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 17 martdagi IRD/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilk bor o‘zbek va ispan tillaridagi ilmiy hamda badiiy materiallar misolida olam manzarasini kategoriyalashga xizmat qiluvchi vositalarning konseptual-mazmuniy xususiyatlarini ochib beruvchi konseptual belgilar, madaniy kod va uni deshifrovkalash modellari mazkur dastur mazmunini boyitgan;
olamning lisoniy manzarasida ispan va o‘zbek tillari parametrlariga asoslangan ilmiĭ qarashlar va ikki xalq tafakkuri natijasi bo‘lgan, ming yillarda shakllangan til hosilalari tahlilidan “Yoshlar” teleradiokompaniyasining “Yangi davr”, “Biz tomonlarda...”, “Sayohatlar shamoli” dasturlari ssenariĭlarini taĭërlashda foĭdalanilgan (“Yoshlar” teleradiokompaniyasining 2021 ĭil 23 fevraldagi 14-01-222-son ma’lumotnomasi). Natijada etnoslar og‘zaki, ëzma ëdgorliklari va ma’naviĭ meros namunalarini yoritish, til birliklarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatish orqali iboralar, turg‘un birikmalar ma’nosini tahlil eta olish, ularning pragmatik ma’nosini uqish, anglash, tarjima qilish va qo‘llay olish strategiyasini va bosqichlarini yoritib berishga xizmat qilgan.