Achilova Ozoda Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Proxibitiv va permissiv aktlarning dialogik nutqda voqelanishi (yapon tili misolida)”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil922.
Ilmiy rahbar: Cafapov Shahpiyop Cafapovich, filologiya fanlari doktori, ppofeccop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camapqand davlat chet tillap inctituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSC.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xalmurzaeva Nodira Tashmurzaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yapon muloqot matnida proxibitiv va permissiv nutqiy aktlarining voqelanishiga ta’sir o‘tkazadigan omillarni, jumladan, muloqotdoshlarning ijtimoiy mavqei, o‘zaro munosabatlari, jinsi, jamiyatda tutgan o‘rni, o‘zaro yaqinlik munosabati va yoshi kabilarning ustuvor jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
proxibitiv va permissiv nutqiy aktlarning alohida nutqiy vaziyatlarda voqelanishi sharoitida ko‘zlangan kommunikativ maqsad va muloqot samaradorligiga erishishning muloqot vaziyati va konteksti bilan bog‘liq pragmalingvistik va so‘zlovchining ijtimoiy maqomi, nasabini aks ettiruvchi lisoniy-madaniy tamoyillari aniqlangan;
yapon tilidagi maqollarda taqiq va ijozat mazmunlarining ifodalanish holatlari aniqlanib, ularning turli muloqot vaziyatlarida faollashuvini belgilovchi omillarning lisoniy hamda nolisoniy xususiyatlarini belgilash asosida tadqiq qilingan nutqiy harakatlarning yapon madaniyatiga xos tarzda muloqot matnida implisit yoki iksplisit holatda voqelanuvchi ko‘rsatkichlari ochib berilgan;  
yapon muloqot matnida imperativlikning bevosita yoki bilvosita tarzda voqelanish sabablarining asosiy qismi ma’lum ko‘rinishdagi leksik – grammatik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmaganligi bois hurmat kategoriyasiga tegishli qoidalar nazoratida ekanligi isbotlangan;
taqiq va ijozat mazmunidagi gaplarda intensiyaning tagma’noli ifodalanishi sabablarini izohlovchi til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlar qatori ajratilib, ularning pragmatik vazifa ifodasidagi o‘rni muloqot muhiti bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yapon tili misolida proxibitiv va permissiv nutqiy aktlarninng voqelanishini tadqiq etish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
proxibitiv va permissiv nutqiy aktlarning alohida nutqiy vaziyatlarda voqelanishi sharoitida ko‘zlangan kommunikativ maqsad va muloqot samaradorligiga erishishning muloqot vaziyati va konteksti bilan bog‘liq pragmalingvistik va so‘zlovchining ijtimoiy maqomi, nasabini aks ettiruvchi lisoniy-madaniy tamoyillari bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar va tahlil natijalari “Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624 EPP-1-2015-1-UK-EPPKA 2CBHESP IMEP: “Internationalization and Modernization of Education and Processes in the Higher Education of Uzbekistan” nomli loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 6 iyuldagi 1452/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalar nutqiy tuzilmaning shakllanishiga milliy-madaniy nuqtai nazardan qarash, semantik, pragmatik jihatdan matn derivatsiyasi muammolarini tadqiq etish usullarini yanada boyitish uchun xizmat qilgan;
yapon tilidagi maqollarda taqiq va ijozat mazmunlarining ifodalanish holatlari aniqlanib, ularning turli muloqot vaziyatlarida faollashuvini belgilovchi omillarning lisoniy hamda nolisoniy xususiyatlarini belgilash asosida tadqiq qilingan nutqiy harakatlarning yapon madaniyatiga xos tarzda muloqot matnida implisit yoki iksplisit holatda voqelanuvchi ko‘rsatkichlari borasida olingan natijalardan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 6 iyuldagi 1453/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijalar pragmatik omillarning muloqot strategiyasiga ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
yapon muloqot matnida imperativlikning bevosita yoki bilvosita tarzda voqelanish sabablarining asosiy qismi ma’lum ko‘rinishdagi leksik – grammatik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmaganligi bois hurmat kategoriyasiga tegishli qoidalar nazoratida ekanligi yuzasidan olingan natijalari Yaponiyaning Tokio shahridagi “Progic system” CO.LTD tashkilotiga tegishli yapon tilini o‘rgatish kurslarida foydalanilgan (“Progic system” CO.LTD tashkilotining 2021 yil 7 iyuldagi 313-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning yapon tilida harakatga undovchi nutqiy aktlardan foydalanish ko‘nikmasi shakllanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazgan va o‘quv materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
taqiq va ijozat mazmunidagi gaplarda intensiyaning tagma’noli ifodalanishi sabablarini izohlovchi til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlar qatori ajratilib, ularning pragmatik vazifa ifodasidagi o‘rni muloqot muhiti bilan bog‘liq ekanligi bo‘yicha olingan xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “Samarqand sadosi” turkum radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 sentyabrdagi 01-11/489-son ma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilarda tagma’noli mazmunni anglash imkoniyatini oshirishga va eshittirishlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish