Umarov Qahhorjon Abbosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali bokschi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped470.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Farxod Turdalievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali bokschi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori malakali bokschi qizlarni sport mahoratini oshirish uchun maxsus jismoniy va funksional tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib individual yondoshuv asosida ishchanlik qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan o‘rtacha amlituda bilan bajariladigan yakkalikdagi (turli og‘irliklarda soya bilan jang) va juftlikdagi (qochirish mashqi bilan jang) vositalarni haftalik mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga organizmni yuqori shiddatga moslashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali bokschi qizlarning bahslashish jarayonida maxsus (Espander-5) qarshilik yordamida qo‘l harakatidagi zarba traektoriyasi bo‘yicha ichki impuls` kuchini rivojlantirish va oyoq harakatidagi masofani saqlashda mushaklarning doimiy tortishish kuchini ushlab turish hisobiga tezkor va portlovchan seriyali zarba berish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali bokschi qizlarning musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida maxsus harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan “Espander-5” texnologiyasi orqali shug‘ullanuvchilarning zarba tezligi mushaklarning portlovchan kuchini tashqi qarshilik bilan cheklangan vaqt oralig‘ida mashg‘ulotga kiritish hisobiga yakka harakat tezligining majmuaviy shakllari takomillashtirilgan;
yuqori malakali bokschi qizlarning sport natijasini oshirish uchun jismoniy sifatlarni yurak qisqarish soniga qarab musobaqa sharoitidan kelib chiqib tanlab yo‘naltirilgan umumiy va maxsus vositalarni shiddat zonalari bo‘yicha rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot uslubiyatini ishlab chiqish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida sportchilarni musobaqaga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali bokschi qizlarning musobaqaoldi mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish uslubini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
yuqori malakali bokschi qizlarni sport mahoratini oshirish uchun maxsus jismoniy va funksional tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib individual yondoshuv asosida ishchanlik qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan o‘rtacha amlituda bilan bajariladigan yakkalikdagi va juftlikdagi vositalarni asosida haftalik mashg‘ulotlar O‘zbekiston milliy terma jamoa bokschi qizlarining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 03-07-08-3659-son ma’lumotnomasi). Natijada bokschi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar 10-12% ga yaxshilangan va organizmni yuqori shiddatga moslashtirish imkoniyati oshirilgan;
yuqori malakali bokschi qizlarning baxslashish jarayonida maxsus qo‘l harakatidagi zarba traektoriyasi bo‘yicha ichki impul`s kuchini rivojlantirish va oyoq harakatidagi masofani saqlashda mushaklarning doimiy tortishish kuchini ushlab turishga qaratilagn “Espander-5” moslamasi O‘zbekiston milliy terma jamoa bokschi qizlarning o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 03-07-08-3659-son ma’lumotnomasi). Natijada oldingi qo‘lda maksimal zarbasi 12,63% ga oshgan, orqa qo‘lda urgan zarbasi 9,88% ga, 5 sekund tezlikda qo‘llarni bukib yozish 29,4% ga rivojlangan, maksimal darajada 10,02% ga yaxshilangan;
yuqori malakali bokschi qizlarning sport natijasini oshirish uchun umumiy va maxsus vositalarni shiddat zonalari bo‘yicha rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot uslubiyatini “SKUF” sport klubi bokschi qizlar terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 03-07-08-3659-son ma’lumotnomasi). Natijada 2017, 2018 va 2019 yillarda ayollar jamoasi O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida 9 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medallar, jamoa hisobida 2017 yil O‘zbekiston kubogida 2-o‘rinni, 2019 yilda 1-o‘rinni, 2016 yil halqaro turnirda II o‘rinni, shuningdek Olimpiya o‘yinlariga 1 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan;
shug‘ullanuvchilarning zarba tezligi mushaklarning portlovchan kuchi, yakka harakat tezligining majmuaviy shakllarini takomillashtirishga qaratilgan “Espander-5” texnologiyasi “Bokschilarni sport pedagogik maxoratini oshirish (ayollar boks)” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-302-son guvohnomasi). Natijada qo‘l harakatining zarba tezligi mushaklarning portlovchan kuchi 12,5% ga va yakka harakat tezligi 10,4% ga oshgan.