Turaev Abdunabi Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlarining intellektual madaniyatini yuksaltirish omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy-falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal491.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlar doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatining yuqori darajada moslashuvchanlik, yangiliklarni tez o‘zlashtirish kabi mezonlari, adolat va xalqparvarlik kabi tarixiy, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari hamda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash kabi zamonaviy xususiyatlari, innovatsion faoliyatning gnoseologik (bilishga oid) va epistimologik (haqiqatni anglash) falsafiy kategorial asoslarini aniqlashga qaratilgan uslubiy jarayon ishlab chiqilgan;
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatining rivojlanishida fiziologik va ruhiy holat kabi tabiiy hamda salohiyatni namoyon qilish, imkoniyatlar tengligi kabi ijtimoiy determinantlarning uyg‘unlashuvi tizim xodimlari imijining mezonlari sifatida belgilanganligi sababli asosiy baholovchi omil sifatida jarayonni ratsional idrok etish va takomillashtirish imkonini berishi falsafiy jihatdan aniqlangan;
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatini yuksaltirishning o‘z bilimini takomillashtirish va ilmiy bilimlar bilan qurollanish kabi ichki hamda tashqi ko‘rinish va kirishimlilik kabi tashqi dinamikasi, unda amalga oshiriladigan intellektual yondashuv va intellektual madaniyatning segmentatsiyasi (ajratilishi), ma’naviy-axloqiy va intellektual madaniyat akkumulyasiyasi (qo‘shilishi) asoslab berilgan;
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashkiliy paradigmadagi profilaktikada tezkorlik, hamkorlikni tashkil etishning samarali tizimini yaratish, xalq manfaatlariga xizmat qilish kabi o‘zgarishlar tizimi, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanishning ob’ektiv va sub’ektiv qonuniyatlarining mental xususiyatlar nisbati mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlarini intellektual madaniyatining yuksaltirishga doir falsafiy-konseptual xulosalar va ilgari surilgan ilmiy yangiliklardan:
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatining yuqori darajada moslashuvchanlik, yangiliklarni tez o‘zlashtirish kabi mezonlari, adolat va xalqparvarlik kabi tarixiy va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari hamda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash kabi zamonaviy xususiyatlari, innovatsion faoliyatning gnoseologik (bilishga oid) va epistimologik (haqiqatni anglash) falsafiy kategorial asoslarini aniqlashga qaratilgan uslubiy vositalar va unga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” (2017-2020 yy) amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 16 oktyabrdagi 04/11-6582-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishga, uni yanada takomillashtirishga va O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlarini intellektual madaniyatini yuksaltirish strategiyasining xususiyatlari, ushbu yunalishda maxsus konsepsiya yaratish ehtiyoji va milliy ma’naviyat, milliy g‘oya kabi omillar zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatining rivojlanishida fiziologik va ruhiy holat kabi tabiiy hamda salohiyatni namoyon qilish, imkoniyatlar tengligi kabi ijtimoiy determinantlarning uyg‘unlashuvi tizim xodimlari imijining mezonlari sifatida belgilanganligi sababli asosiy baholovchi omil sifatida bu jarayonni ratsional idrok etish va takomillashtirish imkonini berishiga doir umumlashgan xulosa va tavsiyalardan “Yuridik psixologiya” o‘quv qo‘llanmasining “Muomala va ijtimoiy guruhlarda shaxslararo munosabat; Shaxsning ijtimoiy moslashgan dunyoqarashi psixologiyasi; Guvoh, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va gumon qilinuvchi shaxslardan kerakli bo‘lgan ma’lumotni olishning psixologik xususiyatlari; Shaxsni o‘rganish chizmasi” mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 4 noyabrdagi 10-4390-son ma’lumotnomasi). Natijada, nashr etilgan o‘quv qo‘llanmani ilmiy jihatdan takomillashtirishga va sohada kuzatiladigan ziddiyatli holatlar, manfaatlar, mayllar to‘qnashuvi kabi vaziyatlarda mas’ul xodimlarning intellektual madaniyati darajasi muammosini echishda muhim faktorlardan biri sifatida baholangan hamda mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatini yuksaltirishning o‘z bilimini takomillashtirish va ilmiy bilimlar bilan qurollanish kabi ichki hamda tashqi ko‘rinish va kirishimlilik kabi tashqi dinamikasi, unda amalga oshiriladigan intellektual yondashuv va intellektual madaniyatning segmentatsiyasi (ajratilishi), ma’naviy-axloqiy va intellektual madaniyat akkumulyasiyasi (qo‘shilishi)ga oid xulosalar va takliflardan Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2021 yil rejasi 3-bandi “Shaxsiy tarkib bilan ishlash, kasbiy va jangovor tayyorgarligini oshirish, xizmat intizomini va qonuichilikni mustahkamlash” bo‘limi, 3.2-bandi “Har bir xodimning huquqiy bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalari bo‘yicha hamda siyosiy-ijtimoiy, xizmat va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib borish” bandlari ijrosini ta’minlashda, “Demokratik islohotlar – taraqqiyot garovi” davra suhbatini o‘tkazishda, “Ichki ishlar xodimlarini intellektual salohiyatini oshirish imkoniyatlari” mavzusidagi seminar-treningni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasining 2021 yil 27 oktyabrdagi 2/4400-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar organlari xodimlarini intellektual madaniyatini yuksaltirish, shu sohada olib borayotgan faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar xodimlari intellektual madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashkiliy paradigmadagi profilaktikada tezkorlik, hamkorlikni tashkil etishning samarali tizimini yaratish, xalq manfaatlariga xizmat qilish kabi o‘zgarishlar tizimi, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanishning ob’ektiv va sub’ektiv qonuniyatlarining mental xususiyatlar nisbatiga oid ilmiy xulosa va umumlashmalardan Samarkand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 oktyabr` kuni efirga uzatilgan “E’tirof” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 noyabrdagi 01-11/533-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish, ichki ishlar xodimlarining intellektual madaniyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarning mazmunan boyishiga, tomoshabinlar ma’naviy kamolotini ta’minlashga, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalq ongiga singdirishga xizmat qilgan.