Mamatkulov Akmal Axmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “15-17 yoshli o‘quvchilar ish qobiliyatining jismoniy tayyorgarlik darajalari bilan o‘zaro bog‘liqlik texnologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1461.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Aripov Yunus Yusupovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik lisey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy va funksional tayyorgarliklarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
15-17 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajalari bilan funksional ko‘rsatkichlari asosida tezkor-kuch chidamliligini oshirishga yo‘naltirilgan aylanma mashg‘ulotda yuklama miqdori va dam olish oraliqlarining davomiyligida mashqlarni davriy o‘zgarishi, mashg‘ulot vazifalarining har bir bekatlarda  turli (deltasimon, tumshuqsimon-elka mushagi, old, orqa va lateral) mushak guruhlarini ishlatish hisobiga sport sinovlarining me’yor talablarini bajarish imkoniyatlari oshirilgan; 
15-17 yoshli o‘quvchilarning tezkor-kuch chidamliligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan aylanma mashg‘ulotning belgilangan oraliqlarida jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan statik  va dinamik rejimda yumshoq mushaklar harakat amplitudasini oshirishga qaratilgan cho‘zilish mashqlarini kiritish hisobiga organizmni mashg‘ulotlarga moslashtirish imkoniyati takomillashtirilgan;
15-17 yoshli o‘quvchilarning jismoniy holatidan kelib chiqib, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kuchli intensiv yuklamalar ta’sirida mushaklarning hissiy kuchlanishini bartaraf etishga qaratilgan relaksatsion nafas mashqlarini ishlab chiqish hisobiga mushaklarning bo‘shashishi va taranglanishini ongli ravishda muvozanatga keltirish imkoniyati kengaytirilgan;   
15-17 yoshli o‘quvchilarning salomatlik darajalarini aniqlash va mustahkamlashga qaratilgan jismoniy rivojlanish va salomatlik holatlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar asosida jismoniy tayyorgarlik va funksional tayyorgarligi uyg‘unlashgan yugurish, sakrash, uloqtirishga yo‘naltirilgan estafeta mashg‘ulot jamlanmasini ishlab chiqish hisobiga harakat tayyorgarligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning jismoniy va funksional tayyorgarliklarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar asosida: 
o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajalari bilan funksional ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni inobatga olgan holda tezkor-kuch chidamliligini rivojlantirishga qaratilgan aylanma mashg‘ulotni qo‘llash bo‘yicha takliflar “O‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish metodikasi”  nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 583-son buyrug‘iga asosan 538-008-raqamli guvohnoma). Natijada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajalari bosqichma-bosqich o‘zlashtirishtirilgan hamda jismoniy rivojlanishlari bilan funksional holatlari 16-19% ga yaxshilangan;
o‘quvchilarning jarohatlanishlarini oldini olishga qaratilgan statik  va dinamik  rejimdagi harakat amplitudasini oshirishga yo‘naltirilgan cho‘zilish mashqlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar va tavsiyalar, Guliston akademik liseyi va Guliston professional ta’lim muassasasi ta’lim dasturiga o‘zgartirishlar kiritish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 03-17-02-5629-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklari va jismoniy rivojlanishlari 21% ga yaxshilangan; 
o‘quvchilarning jismoniy holatidan kelib chiqib, o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kuchli intensiv yuklamalar ta’sirida mushaklarning hissiy kuchlanishini bartaraf etishga qaratilgan relaksatsion nafas mashqlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, Guliston akademik liseyi va Guliston professional ta’lim muassasasida tahsil oluvchi o‘quvchilarni jismoniy rivojlantirish va sog‘lomlashtirish dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 03-17-02-5629-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarliklari va salomatlik darajalari 23% ga ko‘tarilgan;
o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish va salomatlik darajalarini aks etuvchi ko‘rsatkichlar asosida jismoniy tayyorgarlik va funksional ko‘rsatkichlar uyg‘unlashtirilib yugurish, sakrash, uloqtirish - estafeta mashg‘ulot jamlanmasini qo‘llash bo‘yicha takliflar “O‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 583-son buyrug‘iga asosan 538-008-raqamli guvohnoma). Natijada tajriba guruhidagi o‘g‘il bolalar 80%, qiz bolalarning 75% nazorat me’yorlarini to‘laligicha topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish