Ibragimova Nagina Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Zamonaviy internet-diskursi janrlar rivojining lingvostilistik strategiyalari (O‘zbekiston blogerlari harakati misolida), 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2 PhD/Fil127.
Ilmiy rahbar: Muminov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston blogerlari faoliyatini lisoniy jihatdan tartibga solish hamda axborot maydoni tilining sofligini saqlashga ko‘maklashuvchi jihatlarni, mediada muallif fikrini ifodalashning lisoniy va uslubiy vositalaridan to‘g‘ri foydalanish muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
blogerlar faoliyati auditoriyaning dolzarblik, muammolilik, hayot haqiqatlarini aytish, keng omma manfaatlarini yoritish talablariga hamda ijtimoiy, ekspressivlik, so‘zlashuv tili, ekspansiyasi, paradokslar shaklida yozish, til erkinligini mutloq darajaga ko‘tarish, ikki-uch tildan foydalanish lisoniy hissiga mos ravishda ko‘proq og‘zaki ko‘rinishda shakllantirilishi isbotlangan;
turli mavzulardagi materiallarni yoritishda vaziyatni to‘g‘ri baholash va tasvirlash, opponentga odob bilan munosabatda bo‘lish, iqtiboslarni to‘g‘ri keltirish, neologizm, fol`klor, chet tilidan to‘g‘ri foydalanish me’yorlarining aksariyati leksik, morfologik, sintaktik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi asoslangan;
janrlardan foydalanishda blogerlar mavjud ko‘p yillik nazariya va amaliyotni inkor qilayotganligi, iste’molchilar ko‘nikkan axboriy va tahliliy janrlar e’tiborga olinmayotganligi, idrok qilish noqulay bo‘lgan, iste’molchilar tomonidan qabul qilinmagan jargonlar, frazemalar, grammatik birliklar materiallarning ommaviy auditoriya tomonidan tushunilishida qiyinchilik tug‘dirayotganligi dalillangan;
blogerlar harakatining samaradoriligi virtual sharoitda to‘g‘ri ishlashi, yangi elektron tilning shakllanishi, axborotni uzatishning konseptlari, yangi til standartlari kabi lisoniy va virtual til lug‘ati, qisqalik, aniqlik, tezkorlik kabi sifatlarga xos uslubiy-ijodiy jihatlari hamda ahloqiy, ijodiy, adabiy-badiiy, milliy kabi estetik, tildan foydalanish me’yorlari, milliy madaniyat va mentalitetni saqlash, yangi til huquqini shakllantirish kabi intellektual tendensiyalarga bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy internet-diskurs janrlari rivojining lingvostilistik strategiyalari yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
ijtimoiy tarmoqlar va blogerlar faoliyatida matnlarning tuzilishi, tarjima nazariyasi va tilshunoslik qonuniyatlari, shuningdek, jurnalistik janrlar nuqtai nazardan o‘rganilgan materiallar, ilmiy xulosalar, tavsiya va takliflardan Samarqand davlat chet tillari instituti tomonidan “Tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha darslik yaratish” (2012-2016 yillar) mavzusidagi OT-2012-1-32-son innovatsion tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89- 03-5617-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy media diskursda tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan bog‘liq o‘zgarishlarni taxlil qilish, tarjimashunoslikning zamonaviy tendensiyalarini aniqlash, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarjima matnlari lingvistikasi bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘qitish hamda mazkur loyiha bo‘yicha darslik yaratishda muhim manba sifatida foydalanilgan;
O‘zbekistondagi blogerlar media makonida katta jamoatchilik kuchiga aylanganligi, blogerlik materiallarining o‘tkir uslubi va tili tufayli-ommani e’tiborini professional jurnalistlar, siyosatchilar yoki jamoat arboblarining nashrlaridan ko‘ra ko‘proq jalb etishi, janrlarning tartibsiz ishlatilishi blogerlarga o‘zlarining fikrlarini an’anaviy variantlar yordamida imkon qadar yaxshiroq va erkinroq ifoda etishlariga imkon yaratishganligi xaqidagi dissertatsiyaning nazariy xulosalari va natijalaridan Jurnalistlar qayta tayyorlash markazi tomonidan tayyorlangan “Onlayn jurnalistikada ziddiyati vaziyatlarning yoritilishi” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-5617-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotning ijtimoiy tarmoqlar blogerlari materiallarida janrlarni o‘zgartirish, matnlar va til qonunlarini yaratish imkoniyati yaratilgan;
blogerlar tomonidan rus tilidagi virtual janrlarda yoritilgan materiallarda lingvistik usullardan foydalanishining umumiy qonuniyatlarini aniqlash, blogerlar faoliyatida jurnalistik janrlar evolyusiyasini ko‘rib chiqishda dissertatsiya materiallari va xulosalaridan “Til rivojlanishining qonunlari” mavzusidagi OT-F8-062-son fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-5617-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy tarmoqlarda axborot janrlari lingvistik va uslubiy xususiyatlarining o‘ziga xosligini kuzatish, shuningdek, tahliliy janrlar tarkibi va mazmunidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.