Jo‘raeva Ramziya Abdurahimovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muqimiy asarlarining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1543.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01. 
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Xudoyberganova Durdona Sidikovna,  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muqimiy asarlarida qo‘llanilgan lug‘aviy birliklarning struktur-semantik va funksional-uslubiy  xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muqimiy asarlaridagi arabcha, fors-tojikcha, ruscha-baynalmilal leksemalarning enantiosemik va hosila ma’nolarining genetik tarkibi hamda ularning asliyat bilan semik mutanosibligi aniqlangan;
shoir yashagan davrga oid avliyo, bid’at, bisot, dastor, qabo kabi leksemalarning ma’no kengayishi va torayishiga xosligi, ularning taraqqiyotida ro‘y bergan semantik, uslubiy va funksional o‘zgarishlar dalillangan;
Muqimiy lirik she’rlaridagi lug‘aviy birliklarning shaxs, belgi, o‘rin, payt ma’noli  paradigmalari belgilanib, ularning badiiy matn tarkibidagi tarixiy-funksional va uslubiy-semantik xususiyatlari asoslangan;
ijodkor tomonidan qo‘llanilgan Makaylikxon, Ummisib`yon, Furqat antroponimlari va Xo‘tan, Badaxshon, Namangan, Xo‘qand toponimlarining yuzaga kelishi va taraqqiy etishidagi tarixiy-etimologik xususiyatlar aniqlanib, ijodkorning badiiy mahoratini belgilovchi biomorf, fazoviy, zoomorf, ornitonimik kodli individual o‘xshatishlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi materiallaridan ishlab chiqilgan amaliy va nazariy xulosa va takliflar asosida:
Muqimiy asarlaridagi arabcha, fors-tojikcha, ruscha-baynalmilal leksemalarning enantiosemik va hosila ma’nolarining genetik tarkibiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G006-raqamli “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilish nashrga tayyorlash” (3-jild) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 9 sentyabrdagi 17.01/210-son ma’lumotnomasi), shuningdek, FA-A1-G007-raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 21 yanvardagi 17.01/11-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilishda ayrim matnlarning asliyatini tiklashga erishilgan, lug‘aviy birliklarning ma’no xususiyatlari boyitilgan;
Muqimiy lirik she’rlaridagi lug‘aviy birliklarning shaxs, belgi, o‘rin, payt ma’noli  paradigmalari belgilanib, ularning badiiy matn tarkibidagi tarixiy-funksional va uslubiy-semantik xususiyatlari yuzasidan olingan xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Farg‘ona” ko‘rsatuvining bir qator sonlarida (2021 yil iyun`-iyul` oylarida) unumli foydalanilgan va tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (“Farg‘ona” teleradiokanalining 2021 yil 28 iyuldagi 12-01-98-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish