Gulyamova Zarina Raxmatiloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida antiteza stilistik vositasi  qo‘llanishining konseptual-kognitiv va milliy-madaniy parametrlari», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1300.
Ilmiy rahbar: Alimova Muxaram Xayatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kosimova Nafisa Farxodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida antiteza stilistik vositasining konseptual-kognitiv va milliy-madaniy parametrlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatida antitezaning oppozisiya tamoyili asosida uning millat tili, axloq me’yorlari, e’tiqodi, turmush tarzida o‘rnashgan milliy-xususiy, umuminsoniy, universal belgilarni tashuvchi va o‘xshash madaniy konseptlarni verballashtiruvchi madaniy qolip ekanligi isbotlangan; 
antitezaning asosiy mazmunini ifodalashda ot, sifat, fe’l so‘z turkumlarining birlamchi mavqega ega ekanligi, turli birikuvlarda fikrni to‘ldirish va aniqlash, emotsional-baholovchi munosabatni ifoda etish, stilistik effekt bag‘ishlash kabi qo‘shimcha bo‘yoqdorlikni ta’minlash maqsadida ishlatilgan ravish, olmosh, predloglarning esa ikkilamchi xarakterda ekanligi asoslangan;
qiyoslanayotgan tillar lingvomadaniyatida tajovuzkorlik, hukmdorlik, ustunlik, mustaqillik, qat’iyat, maqsadlilik kabi maskulin (mujskoy rod) va emotsionallik, g‘amxo‘rlik, do‘stlik, xushmuomalalik, ko‘ngilchanlik kabi feminin (jenskiy rod) parametrlarga ega antitezalarning o‘zaro dialektik bog‘langan kategoriyalar ekanligi, gender belgilanganlik kasb etishi dalillangan; 
har ikkala tilda kontrast juftlikni ifodalovchi lisoniy vositalarning markaziy sathini tilda mustahkam o‘rnashgan turli o‘zakli va yasama antonimlar, konversivlar, fe’l predikatlarining tasdiq-inkor oppozisiyalari tashkil etishi va mazmuniy qarama-qarshilikni ifodalovchi til elementlari standartlashuvi darajasining pasayishi ma’no vositalarining markazdan periferiyaga chekinishida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tili stilistik vositalarining tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
har bir xalqning tili va madaniyatida milliy o‘ziga xos, umuminsoniy, universal, faqat unga xos bo‘lgan, tilida mustahkamlangan madaniy ma’nolar, axloqiy me’yorlar, e’tiqodlar, xulq-atvor namunalari va boshqalarni ifodalovchi antitezaning kuchli tasviriy va ekspressiv vosita sifatida  dunyoning konseptual rasmini ochib berishiga oid xulosalardan  davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan  OT-F4-79 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2021 yil 10 noyabrdagi 01/9-14-3164-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillarida antitezaning asosiy mazmunini ifodalashda stilistik effekt bag‘ishlash kabi qo‘shimcha bo‘yoqdorlikni ta’minlash maqsadida ishlatilgan ravish, olmosh, predloglarning esa ikkilamchi xarakterda ekanligini aniqlashga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida muayyan universal xususiyatlarga ega bo‘lgan va o‘xshash madaniy tushunchalarni qarama-qarshilik tamoyiliga ko‘ra verbalizatsiya qiluvchi antiteza stilistik vositasining madaniyat shakli sifatida talqin qilinishi bilan bog‘liq xulosalardan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijodkorligida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 31 maydagi 05/1-02-107-son dalolatnomasi). Natijada, huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish yo‘lidan dadil odimlab borayotgan mamlakatimizda xotin-qizlarning erkaklar bilan barcha sohada tengligini ta’minlashga, ularni ulug‘lash va qadrlashga,  qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy huquq tizimini yaratish imkonini bergan;  
antiteza stilistik vositasi  qo‘llanishining konseptual-kognitiv va milliy-madaniy xususiyatlari tahliliga doir xulosalardan “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijodkorligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 03 noyabrdagi 04/5-11-61-son dalolatnomasi). Natijada, ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi, madaniyatlararo munosabatlarda teng huquqlilik, madaniy faoliyat sohasidagi ta’lim va tarbiyaning tizimliligi, ilmiyligi hamda uzluksizligi haqidagi tasavvurlar aniqligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish