Aripova Malika Ganisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitishda bilimlar transformatsiyasining kollaborativ loyihalarini takomillashtirish (rus adabiyoti misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped889.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitish jarayonida adabiy bilimlar transformatsiyasining kollaborativ loyihalarini asoslash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar bilimlari transformatsiyasini takomillashtirish bosqichlari kollaborativ loyihalarning adabiy ta’lim konsentratsiyasi uchun tashkillashtirilgan didaktik jarayon futurologiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimlarini transformatsiyalash loyihalarining immersiv komponentlari virtual adabiy elektron ta’lim resurslarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
pedagogik jarayon kollaboratsiyasining modeli talabalar bilimlarini transformatsiyalashga yo‘naltirilgan reprezentativ natijalarni kiritish va adabiy matnlarni interpretatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv sohasi bilimlarni transformatsiyalash uchun ishlab chiqilgan kollaborativ loyihalarni didaktik tashkillashtirishga yo‘naltirilgan immersiv elektron resurslar («Rus adabiyoti bo‘yicha kollaborativ loyihalarning imitatsion modeli», «Rus adabiyoti (XIX asr»)) orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitishda bilimlar transformatsiyasining kollaborativ loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
didaktik jarayonlarda talabalar bilimlari transformatsiyasini kollaborativ loyihalarga ustuvorlik berish asosida aniqlangan bosqichlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida «A.S.Pushkin haqida» mualliflik mobil ilovasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 89-03-5049-son ma’lumotnomasi). Natijada, OTMlarning pedagogik jarayonlarida didaktik mashg‘ulotlarning ta’lim sifatini oshirishga mo‘ljallangan virtual elektron resurslarni keng joriy etish imkoniyatlari kengaygan;
takomillashtirilgan virtual adabiy elektron ta’lim resurslari asosida talabalar bilimlarini transformatsiyalash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar Evroittifoqning 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP“ PAWER «Mintaqalararo mobillikni o‘rnatish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash» (Paving the way to interregional mobility and ensuring relevance, quality and equity of acces-”) grant-loyihasini bajarish doirasidagi ERASMUS+ dasturining amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 89-03 5049-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining elektron ta’limiy resurslari asosida taqdim etilgan ilovalardan badiiy asarlarni o‘rganishi, kitobxonligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
rus adabiyoti bo‘yicha adabiyotshunoslik kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan materiallar va takliflar 5111300 – «Rus tili va adabiyoti», «O‘zga tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti» bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malakaviy talablar mazmuniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 89-03 5049-son ma’lumotnomasi). Natijada «Rus adabiyoti (XIX asr))», «Rus adabiyoti bo‘yicha praktikum», «Rus adabiyotining propedevtik kursi» kabi o‘quv dasturlarlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kollaborativ loyihalarni rejalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan 2016–2019 yillarda 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP“ PAWER «Mintaqalararo mobillikni o‘rnatish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash» loyihasining amaliy vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 89-03-5049-son ma’lumotnomasi). Natijada, OTM talabalarining o‘quv faoliyati mazmuni didaktik jarayon sifatini oshirishga xizmat qilgan va tahsil oluvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga imkoniyat kengaygan.