Sayt test rejimida ishlamoqda

Halimov Furqat Eminjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy tarbiya va sport muassasalarida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt505.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Dilshod Alidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport muassasalarida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yillik foydasining 2 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha sportni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlarining bitiruvchi kursida tahsil olayotgan talabalarga oylik ish haqi to‘lab borish asosida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi-o‘qituvchisi hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish taklif etilgan;
mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilishda chavandozlar maktabi, kamondan otish va ko‘p tarmoqli sport majmualarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish taklif etilgan;
davlat xususiy sheriklikka asoslangan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va kibersportni rivojlantirishni e’tiborga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasini 2025 yilgacha rivojlantirishda sohaviy va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarali yondashuv ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy tarbiya va sport muassasalarida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yillik foydasining 2 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha sportni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga kiritilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 04-17-02/5625-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarda sport maydonlari va inshoatlari qurilishi 2,7 barobarga oshgan;
oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlarining bitiruvchi kursida tahsil olayotgan talabalarga oylik ish haqi to‘lab borish asosida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi-o‘qituvchisi hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga kiritilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 04-17-02/5625-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlarining bitiruvchi ishga joylashishi 48 foizga oshgan;
mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilishda chavandozlar maktabi, kamondan otish va ko‘p tarmoqli sport majmualarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi PQ-5212-son “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 04-17-02/5625-son ma’lumotnomasi). Natijada chavandozlar maktabi va kamondan otish bo‘yicha yangi inshoatlar barpo etilgan va bu erlarga mahalliy va xorijiy turistlarning oqimi 30 foizga ko‘paygan;
davlat-xususiy sheriklikka asoslangan moliyaviy-iqtisodiy munosabat-larni kengaytirish va kibersportni rivojlantirishni e’tiborga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasini 2025 yilgacha rivojlantirishda sohaviy va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarali yondoshuv ekanligi bo‘yicha takliflar “2025 yilgacha jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 04-17-02/5625-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizda kibersportning 52 foizga ko‘payishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish