Shanasirova Nodira Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sog‘liqni saqlash muassasalarida xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt391.
Ilmiy rahbar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamadiyorov Dilshod Uralovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘liqni saqlash muassasalarida xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash muassasalarida dori-darmon vositalarini buxgalteriya hisobini yuritish va nazoratini tashkil etish nuqtai nazaridan ishlatilmay qolgan, saqlanish muddati tugagan dori-darmon vositalari bo‘yicha yo‘qotishlarni davr xarajatlarida aks ettirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sog‘liqni saqlash muassasalarida dori-darmon vositalarini turiga qarab tabiiy yo‘qotish normasini 3-5 foizda belgilash taklif etilgan;
sog‘liqni saqlash muassasalarida ichki audit hamda moliyaviy nazorat xizmatlarini alohida tashkil etish hamda ichki audit xizmati byudjet mablag‘lari bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha ham audit xulosasini berishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tibbiyot muassasalarida foydalanadigan tibbiy uskunalarning ma’naviy eskirishini hisobga olgan holda ularning tugatish qiymatini 10 foiz etib belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarida xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sog‘liqni saqlash muassasalarida dori-darmon vositalarini buxgalteriya hisobini yuritish va nazoratini tashkil etish nuqtai nazaridan ishlatilmay qolgan, saqlanish muddati tugagan dori-darmon vositalari bo‘yicha yo‘qotishlarni davr xarajatlarida aks ettirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 12-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 08-09/7608-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yaroqlilik muddati tugagan dori-darmonlardan yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobiga xarajat sifatida tan olish va shu asosda hisobdan chiqarish ta’minlagan;
sog‘liqni saqlash muassasalarida dori-darmon vositalarini turiga qarab tabiiy yo‘qotish normasini 3-5 foizda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 12-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 08-09/7608-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida amaliyotda qo‘llanilishi natijada muddati o‘tish ehtimoli mavjud bo‘lgan dori-darmonlar kamayishi hisobiga xarajatlar 3% kamayishiga erishilgan;
sog‘liqni saqlash muassasalarida ichki audit hamda moliyaviy nazorat xizmatlarini alohida tashkil etish hamda ichki audit xizmati byudjet mablag‘lari bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha ham audit xulosasini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 12-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 08-09/7608-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki audit hamda moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar alohida bo‘lishi ta’minlanib, ichki audit xizmati alohida tashkil qilinishi ta’minlangan, shuningdek tibbiy xizmatdan tushgan mablag‘lar nazorati shaffofligi oshirilgan hamda byudjet mablag‘i va boshqa mablag‘larni ichki auditdan o‘tkazish samaradorligi ta’minlangan;
tibbiyot muassasalarida foydalanadigan tibbiy uskunalarning ma’naviy eskirishini hisobga olgan holda ularning tugatish qiymatini 10 foiz etib belgilash taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 12-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 08-09/7608-son ma’lumotnomasi). Natijada, muassasa asosiy vositalarni jismoniy eskirishi bilan birga ularni ma’naviy eskirishi hisobini yuritish yo‘lga qo‘yilgan, amortizatsiya xarajatlarining 5% kamayishiga olib kelishi bilan birga, foydali xizmat muddati tugagandan keyingi rael qiymatini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.