Sayt test rejimida ishlamoqda

Narziev Otabek Sa’dievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda kapital bozorining huquqiy tizimini takomillashtirish masalalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Yu190. 
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Baxshillo Kamolovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Nazarov Yusuf Bozorovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kapital bozorining huquqiy tizimini takomillashtirish va uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kapital bozoridagi munosabatlarda yangi sub’ekt hisoblangan – chet ellik nominal saqlovchi hamda birja obligatsiyalarining emissiyasi, joylashtirilishi va muomalasiga oid normalarning kiritilishi zarurligi asoslantirilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish va davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni mahalliy fond birjasida ommaviy taklif orqali xususiylashtirishni rag‘batlantirish lozimligi asoslab berilgan; 
mavjud obligatsiya turlarini «Sukuk» obligatsiyalari kabi yangi turlarini joriy etish orqali diversifikatsiya qilish, islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etish zarurligi asoslab berilgan;
kapital bozorining huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan «Axloqiy qadriyatlar tanqisligi sindromi» ilmiy nazariyasi ishlab chiqilib va uni samarali joriy qilishning yangi konsepsiyasi asoslantirilgan;
«Toshkent» Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida investorlarga kapital bozoridagi mavjud moliyaviy vositalar va ularning holati bo‘yicha yagona ochiq manbani taqdim etadigan elektron ma’lumotlar platformasini huquqiy asoslarini ishlab chiqish zarurligi asoslantirilgan;
kapital bozori professional ishtirokchilarining o‘zini-o‘zi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish va kapital bozori sohasidagi milliy reyting agentliklarining faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kapital bozorining huquqiy tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
kapital bozoridagi munosabatlarda yangi sub’ekt bo‘lgan – chet ellik nominal saqlovchi hamda birja obligatsiyalarining emissiyasi, joylashtirilishi va muomalasiga oid normalarning kiritilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyunda qabul qilingan O‘RQ-387-sonli Qonuni tahririda) 3-moddasiga 2021 yil 27 avgustda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 25 martdagi 28-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kapital bozorining rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi va investorlar uchun taklif etilayotgan moliyaviy vositalarning sonini oshirishga xizmat qilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish; davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni mahalliy fond birjasida ommaviy taklif orqali xususiylashtirishni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 13 apreldagi PF-6207 son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2021 — 2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturi”ni ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi 06/04-02-01-32/747-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kapital bozorida raqobat muhitini yaxshilash bilan bir qatorda uning hajmini orttirish va Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan ko‘rsatkichlarga etkazishga xizmat qilgan;
mavjud obligatsiya turlarini «Sukuk» obligatsiyalari kabi yangi turlarini joriy etish orqali diversifikatsiya qilish; islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 13 apreldagi PF-6207 son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2021 — 2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturi”ni ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi 06/04-02-01-32/747-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kapital bozorida raqobat muhitini yaxshilash bilan bir qatorda uning hajmini orttirish va Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan ko‘rsatkichlarga etkazishga xizmat qilgan;
kapital bozorining nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan “Axloqiy qadriyatlar tanqisligi sindromi” ilmiy nazariyasi ishlab chiqilib va uni joriy qilishning ilmiy konsepsiyasi Niderlandiyaning Wolters Kluwer nashriyoti tomonidan nashr etilgan “Comparative Law Yearbook of International Business” nomli qo‘llanmaning 2021 yilgi 43-sonida chop etildi. Bundan tashqari ushbu ilmiy konsepsiyadan Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlashda, xususan «Qimmatli qog‘ozlar bozori huquqi» modulini o‘tishda foydalanilmoqda (Toshkent davlat yuridik universitetining 2022 yil 10 martdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jahonda kapital bozorini huquqiy tartibga solishda hozirgi biryoqlama yondoshuv o‘rniga muvozanatlashgan nazariy asosini taqdim etgan; 
«Toshkent» Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida barcha investorlar uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar bazasining elektron platformasini huquqiy asoslarini yaratishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 13 apreldagi PF-6207 son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2021 — 2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturi”ni ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi 06/04-02-01-32/747-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif investorlarga kapital bozoridagi mavjud moliyaviy vositalar va ularning holati bo‘yicha yagona manbani taqdim etadi, sohada o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi va milliy baholovchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy asoslarini ta’minlashga xizmat qilgan;
kapital bozori professional ishtirokchilarining o‘zini-o‘zi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish va kapital bozori sohasidagi milliy reyting agentliklarining faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslar yaratishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 13 apreldagi PF-6207 son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2021 — 2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturi”ni ishlab chiqishda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 martdagi 06/04-02-01-32/747-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif investorlarga kapital bozoridagi mavjud moliyaviy vositalar va ularning holati bo‘yicha yagona manbani taqdim etadi, sohada o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi va milliy baholovchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy asoslarini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish