Sayt test rejimida ishlamoqda

Farmonov Jasur Boyqaraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noan’anaviy moyli xomashyolardan funksional yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1410.
Ilmiy rahbar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Obidjon Qodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: «Qarshi yog‘-ekstraksiya» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy moyli xom ashyolardan funksional o‘simlik moylari olishning takomillashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kunjut, zig‘ir, qovun, tarvuz va qora sedana kabi noan’anaviy moyli xom ashyolarga ishlov berishda harorat, namlik va jarayon davomiyligining ta’siri aniqlangan;
sovuq presslashdan farqli, noan’anaviy moyli xom ashyolardan yumshoq sharoitda funksional forpress moylari ishlab chiqarishda, gidrotermik ishlov berishning 50 min va 80 S dan iborat maqbul sharoitlari ishlab chiqlangan;
ilk bor noan’anaviy moyli xom ashyolardan ekspeller moylari ishlab chiqarishda mikroto‘lqinli ishlov berishdan foydalanilgan va moyning chiqishiga hamda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
ekspeller moyi ishlab chiqarishda 2450 MGs to‘lqin chastotasidagi mikroto‘lqinli ishlov berishning oqim quvvati 150 Vt/m2, jarayon davomiyligi 15 min dan iborat optimal texnologik sharoitlari ishlab chiqilgan; 
moylar tarkibida 0,10 dan 0,82% gacha miqdorda yog‘ kislotalarining trans izomerlari mavjudligi aniqlangan;
noan’anaviy moyli xom ashyolardan funksional o‘simlik moylari olishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Noan’anaviy moyli xom ashyolardan ikki bosqichli presslash yo‘li bilan moy olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarvuz va qora sedana urug‘lari yanchilmalarini gidrotermik va so‘ngra mikroto‘lqinli nurlanishli ishlov berish texnologiyasi «OR Golden best» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» Uyushmasining 2021 yil 24 dekabrdagi OZ/3-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik faol moddalar saqlangan tarvuz va qora sedana moyi chiqishini mos ravishda 1,74 va 1,62 % oshirish imkonini bergan;
zig‘ir va qovun urug‘larini qayta ishlash yangi texnologiyasi «Alba biznes industrials» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» Uyushmasining 2021 yil 24 dekabrdagi OZ/3-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, zig‘ir va qovun urug‘idan moy chiqishi 33,79 va 36 % ni tashkil etib, ekspeller kunjarasidagi qoldiq moy miqdorini 4,26 % gacha kamaytirish imkonini bergan;
ikki bosqichli presslash bilan kunjut moyi ishlab chiqarish texnologiyasi «Shumanay kunjut ekspo» MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan  («O‘zyog‘moysanoat» Uyushmasining 2021 yil 24 dekabrdagi OZ/3-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekspeller moyi chiqishini sanoatda qo‘llanadigan usuldagiga nisbatan 2,67 % ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish