Sayt test rejimida ishlamoqda

Saribaeva Dilorom Akramjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dorivor o‘simliklar ekstraktlari asosida tabiiy shifobaxsh ichimliklar tayyorlash texnologiyasini tadqiq etish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2361.
Ilmiy rahbar: Zokirova Mashxura Sodiqjonovna, texnika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Qarshiev Tolib Ovlaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qushqo‘nmas (Silybum marianum L.)  va zanjabil (Zīngiber officināle) dorivor o‘simliklari ekstraktlari asosida tabiiy shifobaxsh ichimliklar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qushqo‘nmas o‘simligi urug‘ini 70 Sda 80 %-li etil spirtida, 60-80 min davomida, xom ashyo va ekstragent 1:20 nisbatlarda ekstraksiyalash amalga oshirilganda flavolignanlarning maksimal erishi (28,85 mg/100 ml) isbotlangan; 
zanjabil ildizmevalari dastlab 30 S-li suv hammomida 60 min davomida suvli ekstraksiyalash va ikkilamchi xom ashyoni 80 S -da 80 min davomida  70% -li etil spirtida ekstraksiyalash amalga oshirilganda biologik faol moddalar maksimal darajada ekstraksiyalanishi asoslangan;
dorivor o‘simliklar ekstraktlarini vakuumda bug‘latish bilan konsentrat tarkibidagi biologik faol moddalar 49,41 mg/100 ml-gacha saqlanishi isbotlangan;
qushqo‘nmas (Silybum marianum L.)  va zanjabil (Zīngiber officināle) dorivor o‘simliklari ekstraktlari asosida tabiiy shifobaxsh ichimliklar tayyorlash texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Shifobaxsh ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qushqo‘nmas (Silybum marianum) o‘simligi ekstrakti olish texnologiyasi «Yangiqo‘rg‘on Agroinvest» MChJning «2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2021 yil 29 noyabrdagi 29-123/11-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori miqdorda biologik faol moddalar saqlagan konsentrat ishlab chiqarish imkonini bergan;
zanjabil (Zīngiber officinale) va qushqo‘nmas (Silybum marianum) o‘simliklari ekstrakt va konsentratlari asosida parxez sharbaotlar olish texnologiyasi «Namangan sharbati» MChJ «2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2021 yil 29 noyabrdagi 29-123/11-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik va organoleptik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan tabiiy shifobaxsh ichimlik ishlab chiqarish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish