Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxmudov Komal Samadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Totalitarizm siyosati sharoitida Sharof Rashidov faoliyati va milliy liderlik ziddiyatlari», 23.00.01 –Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ss233.
Ilmiy rahbar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktor, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor;  Xasanov Otabek Abdurashidovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: totalitarizm sharoitida Sh.Rashidovning siyosiy liderlik faoliyatini va uning ziddiyatli xususiyatlarini tadqiq etish doirasida ilmiy baholash hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
totalitarizm siyosiy sharoitida jamiyatning o‘ziga xos g‘ayridemokratik jihatlari siyosiy plyuralizmning ta’qiqlanganligi, monopol yakka g‘oya, mafkura va markazlashgan boshqaruvga asoslangan yagona komunistik partiya tomonidan boshqarilgan jamiyat ekanligi ilmiy asoslab berilgan;
ittifoqdosh respublikalarning totalitar tizim sharoitida real ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli sovetittifoqi konstitusiyasida belgilangan talablardan amalda yiroqdaligi, jamiyatda inson qadr-qimmati,huquq va erkinliklari ta’minlanmagan, milliy qadriyatlari qadrsizlangan ijtimoiy-siyosiy rivoji regressiv natijalarga, tanazzulga olib kelgan siyosiy tartiboti nazariy jihatdan ochib berilgan;
Sh.Rashidovning rahbarlik davridagi mavjud qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, ayrim salbiy holatlar hukmron siyosiy tizimning hosilasi bo‘lib, aslida aksariyat holatlarda milliy liderning maqsad-umidlari va xohishiga zid bo‘lganligini konseptual asoslarda yoritib berilgan;
Sh.Rashidovning siyosiy liderlik faoliyatida kelajakka optimistik, pragmatik yondoshuvi, boshqaruvning privintiv, siyosiy konsensus usulidan foydalanganligi va mavjud murakkab og‘ir sharoitda ma’lum darajada jamiyatni barqarorligini ta’minlashga xizmat qilganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Totalitar siyosati sharoitida Sh.Rashidov faoliyati va milliy liderlik ziddiyatini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar:
Sharof Rashidovning rahbarlik davridagi mavjud qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, ayrim salbiy holatlar hukmron siyosiy tizimning hosilasi bo‘lib, aslida aksariyat holatlarda milliy liderning maqsad-umidlari va xohishiga zid bo‘lganligini konseptual asoslari borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiya 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining ishlab chiqilishida hamda I bandlarida  belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirish yo‘lida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2021 yil 05 maydagi 04/02-112-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolarning hamda yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini rivojlantirishni jadallashtirish, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarga nisbatan daxldorlik, mas’uliyat fazilatlarini shakllantirish va yoshlarda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlariga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi e’tiborini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.
Totalitarizm siyosiy sharoitida jamiyatning o‘ziga xos g‘ayridemokratik jihatlari siyosiy plyuralizmning ta’qiqlanganligi, monopol yakka g‘oya, mafkura va markazlashgan boshqaruvga asoslangan yagona komunistik partiya tomonidan boshqarilgan jamiyat ekanligi asoslar bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruv Kengashining 2021 yil 30 apreldagi 02-02/70-son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosalardan “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasida ko‘rsatilgan vazifalarni amaliyotda joriy etish hamda fuqarolarning siyosiy ongi va madaniyatini rivojlantirishni jadallashtirish, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarga nisbatan daxldorlik va mas’uliyat fazilatlarini shakllantirishda “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.
Totalitarizm siyosiy sharoitida jamiyatning o‘ziga xos g‘ayridemokratik jihatlari siyosiy plyuralizmning ta’qiqlanganligi, monopol yakka g‘oya, mafkura va markazlashgan boshqaruvga asoslangan yagona komunistik partiya tomonidan boshqarilgan jamiyat ekanligi ahamiyati bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yillarga mo‘ljallangan ish rejasi 4,11-bandlarini va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5-yo‘nalishi 60-62-bandlarini ishlab chiqishda hamda “Kelajak liderlari” klubi a’zolari uchun seminar-trening mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 1 apreldagi 01-03/486-son va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi 2022 yil 12yanvardagi 04-13/24-son ma’lumuotnomalari).Natijada, mazkur tavsiya va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yillarga mo‘ljallangan ish rejasi 4,11-bandlarida hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5-yo‘nalishi 60-62-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amaliyotda joriy etish hamda yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga nisbatan daxldorlik, mas’uliyat fazilatlarini shakllantirish va yoshlarda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishda xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish