Sayt test rejimida ishlamoqda

Sultanov Dilshod Mirkamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qayta sug‘urtalashni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt979.
Ilmiy rahbar: Baymuratov Tursunboy Maxkambaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qayta sug‘urtalashning mohiyati, hozirgi holati va mavjud muammolarini tahlil qilish orqali ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta mahsulotlarini risk, risk ob’ekti va ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zarar kabi tarkibiy qismlariga ko‘ra, markirovkalash taklifi  asoslangan;
sug‘urta tashkilotining aktiv (kiruvchi) qayta sug‘urtalash va passiv (chiquvchi) qayta sug‘urtalash bo‘yicha o‘zaro optimal nisbatini to‘lov qobiliyatiga mos ravishda aniqlash orqali sug‘urta bozori sig‘imini oshirish mexanizmi taklif etilgan;
milliy sug‘urta (qayta sug‘urta) xizmatlari bozorida ixtisoslashgan o‘zaro qayta sug‘urta tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishning konseptual asoslari ishlab chiqilgan  va amaliy jihatlari asoslangan;
sug‘urta tashkilotining to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda summalar ekssedenti asosida risklarni proporsional qayta sug‘urtalash taklif etilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qayta sug‘urtalash munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sug‘urta mahsulotlarini risk, risk ob’ekti va ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zarar kabi tarkibiy qismlariga ko‘ra, markirovkalash taklifi “KAPITAL SUG'URTA” aksiyadorlik jamiyati (“KAPITAL SUG'URTA” AJning 2021 yil 4 iyundagi 003-son ma’lumotnomasi), “UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyati  tomonidan tadbiq qilingan (“UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish matlubot jamiyatining 2021 yil 1 iyundagi 001-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “KAPITAL SUG'URTA” AJda 2020 yil davomida ish yuritish xarajatlari 510 mln. so‘mga yoki oldingi yilning shu davriga nisbatan 32 foizga qisqartirishga erishilgan. “UZARO” ikki tomonlama sug‘urta qilish MJda 2020 yil va 2021 yilning olti oyi davomida ish yuritish xarajatlarini 240 mln. so‘mga yoki oldingi yilning shu davriga nisbatan 40 foizga qisqartirishga erishilgan;
sug‘urta tashkilotining aktiv (kiruvchi) qayta sug‘urtalash va passiv (chiquvchi) qayta sug‘urtalash bo‘yicha o‘zaro optimal nisbatini to‘lov qobiliyatiga mos ravishda aniqlash orqali sug‘urta bozori sig‘imini oshirish mexanizmi taklifi “KAPITAL SUG'URTA” AJ tomonidan qabul qilingan (“KAPITAL SUG'URTA” AJning 2021 yil 4 iyundagi 003-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “KAPITAL SUG'URTA” AJda ushbu mexanizm joriy etilishi hisobiga 2020 yilda 320 mln. so‘m mikdoridagi mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan;
milliy sug‘urta (qayta sug‘urta) xizmatlari bozorida ixtisoslashgan o‘zaro qayta sug‘urta tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yishning taklif etilgan konseptual asoslari va amaliy jihatlari O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi tomonidan qo‘llashga qabul qilingan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2021 yil 09 iyundagi 64-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz sug‘urta bozorida jami qayta sug‘urta mukofotlari hajmini 2018 yilga nisbatan 2021 yilda 3,87 baravar, 2022 yilda 5,2 baravar oshishiga zamin yaratuvchi konsepsiya ishlab chiqilgan; 
sug‘urta tashkilotining to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda summalar ekssedenti asosida risklarni proporsional qayta sug‘urtalash taklifi “KAPITAL SUG'URTA” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“KAPITAL SUG'URTA” AJning 2021 yil 4 iyundagi 003-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mazkur aksiyadorlik jamiyatining 2020 yilda qayta sug‘urta faoliyatini baholash xarajatlari 52 mln. so‘mga qisqartirilishiga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish