Sayt test rejimida ishlamoqda

Yunusova Sevara Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni rivojlantirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt996.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Baxodir Sheralievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat-xususiy sherikligi asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun xususiy sherikning loyiha doirasida oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlash maqsadida qaytarilmaslik sharti bilan byudjetdan subsidiyalar ajratish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik xarajatlarini loyiha yakuniga qadar byudjetdan mablag‘lar ajratish orqali moliyalashtirish faqatgina qiymati 10 mln. AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan loyihalar uchun tadbiq qilish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish maqsadida xususiy sherikka Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasida tashabbuskorlar ko‘lamini oshirish maqsadida davlat organi va xususiy sherik bilan birga xususiy sherik konsorsiumini tashabbuskor sifatida qo‘shish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Infratuzilma loyihalarida davlat-xususiy sheriklik amaliyotini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun xususiy sherikning loyiha doirasida oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlash maqsadida qaytarilmaslik sharti bilan byudjetdan subsidiyalar ajratish bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 avgustdagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 509-son Qarorining 1-ilovasi 3-bobida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 46-01/05-32/1181-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yilda davlat byudjetidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga 930 500 mln. so‘m subsidiyalar ajratilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik xarajatlarini loyiha yakuniga qadar byudjetdan mablag‘lar ajratish orqali moliyalashtirish faqatgina qiymati 10 mln. AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan loyihalar uchun tadbiq qilish bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 avgustdagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 509-son qarorining 1-ilovasi 2-bobida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 46-01/05-32/1181-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarni davlat sherigi va xususiy sherik bilan birgalikda moliyalashtirishni amalga oshirish uchun 2021-2023 yillarda jami 850 mlrd. so‘m ajratish mo‘ljallangan. Shundan 2021 yilda 200 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2022 yilda 300 mlrd. so‘m va 2023 yilda 350 mlrd. so‘m ajratish rejalashtirilgan; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirishni takomillashtirish maqsadida xususiy sherikka Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratish bo‘yicha taklifi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 11 avgustdagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 509-son Qarorining 1-ilovasi 5-bobida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 46-01/05-32/1181-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida xususiy sherik loyihani moliyalashtirish uchun imtiyozli foiz stavkasida kredit olish imkoniga ega bo‘lgan; 
davlat-xususiy sheriklik loyihasida tashabbuskorlar ko‘lamini oshirish maqsadida davlat organi va xususiy sherik bilan birga xususiy sherik konsorsiumini tashabbuskor sifatida qo‘shish taklifi O‘zbekiston Respublikaschi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6218-sonli Farmoni bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga chora-tadbir sifatida kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 14 dekabrdagi 46-01/05-32/1181-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashabbus qilishda xususiy sherik sifatida ishtirok etuvchilar soni oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish