Sayt test rejimida ishlamoqda

Davronov Shuxrat Zuxurovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini tashkil etishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSs/Iqt348.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi,  DSc.20/13.05.2020.I.23/01.
Rasmiy opponentlar: Toshmatov Shuxrat Omonovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy sug‘urta tizimini tashkil etishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilg‘or xorij tajribalariga muvofiq pensiya sug‘urtasi badalini to‘lash-dan manfaatdorlikni oshirish maqsadida uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish asosida ijtimoiy sug‘urta tizimi takomillashtirilgan;
davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus jamg‘arma tashkil qilish taklif etilgan;
koronavirus pandemiyasi davrida aholi bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirish maqsadida 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 10 foizga oshirish tavsiya etilgan;
aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi loyihasining ishlab chiqilishida homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ta’minoti tizimini takomillashtirish zarurligi asoslangan;
ijtimoiy sug‘urta tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, “Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari, pensiya, ishsizlik, mehnatdan mayib bo‘lganlik hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishga doir moliyaviy munosabatlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ijtimoiy sug‘urta tizimini tashkil etishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar  asosida:
ilg‘or xorij tajribalari asosida pensiya sug‘urtasi badalini to‘lashdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish orqali ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 noyabrdagi aholini ijtimoiy muhofaza qilishning ustuvor masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Pensiya jamg‘armasi tomonidan qat’iy miqdordagi pensiya to‘lovlari to‘lanishi hisobiga o‘rtacha yillik 5,6 trln. so‘m miqdorida erkin qoldiq mablag‘lari shakllantirilishiga erishilgan;
davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus jamg‘arma tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5953-son Farmoni ilovasining 4.4-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat tomonidan sohani moliyalashtirishning yagona standartlari ishlab chiqib, Davlat byudjeti mablag‘lari, aksiz va atrof-muhitga zarar keltiruvchi tashkilotlarning ajratmalari hisobidan majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish uchun 520 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan;
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 10 foizga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5996-son hamda 2021 yil 11 avgustdagi «Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6277-son Farmonlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyasini oshirish va daromadlarini ko‘paytirish imkonini yaratgan;
aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 apreldagi  «Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 308-son Qarorining 1-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Mazkur axborot tizimining amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi soddalashtirilishi va shaffofligi ta’minlanishi bilan birga o‘rtacha yillik hisobida 220 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘larning iqtisod qilinishiga erishilgan;
2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi loyihasining ishlab chiqilishida homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ta’minoti tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5953-son Farmonida o‘z aksini topgan olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi fertil yoshdagi ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ta’minoti uchun o‘rtacha yillik 3,7 trln. so‘m miqdoridagi mablag‘larning maqsadli sarflanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, «Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonun loyihasida ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari, pensiya, ishsizlik, mehnatdan mayib bo‘lganlik, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishga doir moliyaviy munosabatlarni takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5953-son Farmoni ilovasining 4.4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari, pensiya, ishsizlik, mehnatdan mayib bo‘lganlik hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishga doir moliyaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtiriladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish