Sayt test rejimida ishlamoqda

Xolbadalov Utkirjon Shokirjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda soliq imtiyozlarini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1322.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Komolov Odiljon Sayfuddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini rivojlantirishda soliq imtiyozlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investision soliq imtiyozlari va soliq «ta’til»lari soliq chegirmalariga qaraganda yuqori samaradorlikka egaligi asoslangan hamda sohaga xorijiy mutaxassislarni jalb qilishda samarali bo‘lgan soliq «ta’til»i muddatini uzaytirish taklif qilingan;
turizm sohasi sub’ektlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozining bekor qilinishi soliq yukini oshirganligi asoslangan hamda joylashtirish vositalari, turoperatorlar va umumiy ovqatlanish nuqtalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i pasaytirilgan stavkasini qo‘llash taklif etilgan;
turizm sohasidagi soliq imtiyozlarining manzilliligini ta’minlash maqsadida, turoperatorlardan farqli ravishda turgagentlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat olib borish huquqini berish hamda ular uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summasini kamaytirish taklif qilingan;
turizm sohasida amaldagi va taklif etilgan soliq imtiyozlarini qo‘llashni inobatga olgan holda soha maqsadli ko‘rsatkichlarining 2030 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turizm sohasini rivojlantirishda soliq imtiyozlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
investision soliq imtiyozlari va soliq «ta’til»lari soliq chegirmalariga qaraganda yuqori samaradorlikka egaligining asoslanganligi hamda sohaga xorijiy mutaxassislarni jalb qilishda samarali bo‘lgan soliq «ta’til»i muddatini uzaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi PQ–4755-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 06/04-02-32/1487-son hamda Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 maydagi 03-15/1755-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2020 yilning ikkinchi yarmida jami 1305,5 mln. so‘m hajmidagi soliq imtiyozlardan foydalangan holda 14 ta joylashtirish vositalari tomonidan 30 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va faoliyat yuritishi ta’minlangan;
turizm sohasi sub’ektlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozining bekor qilinishi soliq yukini oshirganligi asoslanganligi hamda joylashtirish vositalari, turoperatorlar va umumiy ovqatlanish nuqtalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i pasaytirilgan stavkasini qo‘llash bo‘yicha taklifi Turizm sohasi sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 maydagi 03-15/1755-son ma’lumotnomasi). Natijada, turizm sohasini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish uchun soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga doir ishlab chiqilgan takliflarni boyitishga imkon bergan;
turizm sohasidagi soliq imtiyozlarining manzilliligini ta’minlash maqsadida, turoperatorlardan farqli ravishda turgagentlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat olib borish huquqini berish hamda ular uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summasini kamaytirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi PF-5969-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 14 iyuldagi 04/5-05-35-son hamda Moliya vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 06/04-02-32/1487-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida, O‘zbekistonda faoliyati lisenziyalanadigan 1200 tadan ortiq turoperatorlar ikki faoliyat turiga, ya’ni yuridik shaxs maqomidagi turoperator va jismoniy shaxs bo‘lgan turagentlarga ajratilgan hamda turagentlarning jismoniy shaxs sifatida soliq yukini kamaytirish imkoniyatini yaratgan;
turizm sohasida amaldagi va taklif etilgan soliq imtiyozlarini qo‘llashni inobatga olgan holda ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan soha maqsadli ko‘rsatkichlarining 2030 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2019 – 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi»da belgilangan vazifalar ijrosini monitoringida foydalanish uchun qabul qilingan hamda koronavirus pandemiyasidan keyingi davrda sohaning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 25 maydagi 03-15/1755-son ma’lumotnomasi). Natijada, koronavirus pandemiyasidan keyingi turizm sohasini rivojlantirish maqsadli ko‘rsatkichlari prognozlashtirilgan va belgilangan ko‘rsatkichlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish