Sayt test rejimida ishlamoqda

Pavlova Veronika Yur`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Geofizik usullarini komplekslash asosida grunt sharoitlarini va gidrotermal tizimlarning chiqish-pasayish zonalarini o‘rganish (Kamchatka misolida)», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/GM104.
Ilmiy rahbarlar: Umurzakov Raximjan Abdurazakovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Delemen` Ivan Fedorovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Abdullaev Shavkat Xadiyaevich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: georadiolokatsiya va karotaj usullarini kompleks qo‘llash hamda materiallarni talqin qilish metodikasini ishlab chiqish asosida grunt sharoitlarini va gidrotermal tizimlarning chiqish-pasayish zonalarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Kamchatka sharoitida georadiolokatsion usullar yordamida tabiiy yotishidagi gruntlarning kontrast elektrofizik xususiyatlari aniqlangan hamda ular asosida kesimning litologik tarkibi va suvlanganlik darajasi aniqlangan;
Kamchatka sharoitida grunt xususiyatlarini va gidrotermal manbalarning chiqish-pasayish zonalarini baholash kompleks geofizik metodlarning optimal turlari aniqlangan;
georadiolokatsiya, gamma-karotaj va xususiy qutblanish potensiallari kompleks ma’lumotlari yordamida gidrotermal sistemalarning gidrogeologik holati baholangan;
gidrotermal sistemalarning chiqish-pasayish zonalarining tuzilishini va muhandislik-geologik xususiyatlarini kompleks baholash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Geofizik metodlarini grunt sharoitlarini hamda gidrotermal sistemalarni baholash uchun ishlab chiqilgan optimal kompleksini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geofizik kuzatuv parametrlarini tanlash va ma’lumotlarni kompleks talqin qilish metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojdanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 02-02/3567-son ma’lumotnomasi). Natijada, gruntlar sharoitlarini baholashda radarogrammalarni talqin qilish aniqligini va ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
fizik shovqinlar fonida foydali geofizik signallarni ajratish hamda radarogrammalarda nuqtali va cho‘ziq ob’ektlar mezonlarining ma’lumotliligini oshirish metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 02-02/3567-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish maydonlarida olib boriladigan muhandislik geofizik o‘lchovlarining aniqligi hamda georadar fatsiyalarni ajratish ishonchliligi oshirish imkonini bergan;
geofizik usullarning kompleks qo‘lllash metodikasi hamda gruntlarning tuzilishi va sharoitlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar Geopul`s Ilmiy Innovatsion Markaz MChJning ishlab chiqarish jaryoniga joriy qilingan (Geopul`s Ilmiy Innovatsion Markaz MChJning 2021 yil 29 iyundagi 629/06-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Petropavlovsk-Kamchatsk shahridagi qurilish-loyihalash ishlarida inshootlarning mustahkamligini ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish