Sayt test rejimida ishlamoqda

Kuchkarov Kaxramon Israilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston Respublikasi seysmik kuzatuvlar tarmog‘ining samaradorligini baholash», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM667.
Ilmiy rahbarlar: [Artikov Turdali Usmanalievich], fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Tuychiev Axmadjan Ismailovich, fizika-matematika fanlari doktori; Alimuxamedov Ilxom Mizratovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikada seysmik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan muammolarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi seysmik kuzatuv tarmog‘ining samaradorligini baholash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xil energiyaga ega bo‘lgan zilzilalar uchun gruntlarning tebranish tezligi va ularning spektral amplitudalarini masofa bo‘yicha so‘nishini yangi mintaqaviy bog‘liqliklari aniqlangan;
zilzilalarni qayd etishning quyi chegarasini magnitudalar orqali hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
amaldagi seysmologik kuzatuv tarmog‘ining zilzilalarni qayd etish imkoniyatlari hamda zilzilalarning koordinatalari, chuqurligi va o‘choqdagi vaqtni aniqlashdagi xatoliklar baholangan;
Respublikadagi regional seysmik stansiyalarining samaradorligi baholangan;
Respublikadagi regional seysmik kuzatuvlar tarmog‘i takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston Respublikasi seysmik kuzatuvlar tarmog‘ining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli intensivlikdagi seysmik ta’sirni masofa bo‘yicha so‘nishini gruntlarning tezligi orqali ifodalangan yangi empirik qonuniyatlari Seysmoprognostik monitoring respublika markazining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 30 oktyabrdagi 2/4/32-3036-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz va unga chegaradosh bo‘lgan hududlarda sodir bo‘ladigan zilzilalar kuchini (magnitudalarda) hisoblash aniqligini oshirishga xizmat qilgan;
seysmik stansiyalar tarmog‘ining kuchsiz zilzilalarni qayd etish imkoniyatini baholash hamda seysmik kuzatuvlar tarmog‘i bo‘yicha zilzilalar koordinatalari, chuqurligi va zilzila o‘chog‘i vaqtini aniqlashdagi xatoliklarni hisoblash natijalari Seysmoprognostik monitoring respublika markazining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 30 oktyabrdagi 2/4/32-3036-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika va unga chegaradosh hududlarda sodir bo‘layotgan zilzilalar parametrlarini aniqlashdagi xatoliklarni kamaytirish imkonini bergan;
seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini baholash natijasida 40 ta seysmik stansiyadan samaradorligi yuqori bo‘lgan 26 ta stansiyalar ajratib olinib, qo‘shimcha stansiya ochish hisobiga takomillashtirilgan seysmik kuzatuvlar tarmog‘i Seysmoprognostik monitoring respublika markazining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 30 oktyabrdagi 2/4/32-3036-son ma’lumotnomasi). Natijada, zilzilalar parametrlarini yuqori aniqlikda topish hamda G‘arbiy O‘zbekiston hududi uchun kuchsiz zilzilalarni qayd etish imkoniyatini ikki barobarga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish