Esemuratova Rabiga Xoshmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sulton Uvays tog‘i florasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B302.
Ilmiy rahbar: Xasanov Furqat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Xabibullo Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Esanov Xusniddin Qurbonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sulton Uvays florasi zamonaviy tur tarkibini aniqlash, floraning o‘ziga xos xususiyatlarini asoslash va kamyob turlarning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sulton Uvays florasida 55 oila, 257 turkumga mansub bo‘lgan 526 tur aniqlandi va zamonaviy konspekti tuzilgan;
ilk bor Sulton Uvays florasi uchun 99 tur keltirilgan;
asosi Turon cho‘l florasiga mansub Sulton Uvays florasida turlar xilma-xilligining kamligi, tog‘lio‘rtaosiyo turlarining sanoqli uchrashi va toshloq cho‘l turlarining dominantlik qilishi isbotlangan;
Sulton Uvays tog‘ florasining Qizilqum okrugidagi boshqa qoldiq tog‘lar florasidan farqlanishi isbotlangan;
qat’iy endemik turlarga ega bo‘lmasada, Sulton Uvays florasi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan subendem hamda kamyob turlarga boyligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sulton Uvays florasini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Sulton Uvays florasining 55 oila va 257 turkumga mansub 526 turni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy tarkibi va kamyob turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Beruniy tumani bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 01/18-2157-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sulton Uvays florasi tarkibidagi 11 tur kamyob va subendem turlarning tarqalish maydonlarini aniqlash va muhofazalash choralarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Sulton Uvays tog‘i florasidagi 400 dan ortiq turning 2000 ga yaqin gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) Noyob ob’ekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 22 noyabrdagi 4/1255-3259-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qizilqum okrugi tarkibidagi qoldiq tog‘lar florasiga oid yangi gerbariy namunalari noyob ob’ektning O‘rta Osiyo bo‘limi kolleksiyasini boyitgan va O‘zbekiston florasining elektron ma’lumotlar bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish