Sayt test rejimida ishlamoqda

Xodjibekova Yulduz Maratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh va bo‘yin saratonining nurli tashxislashda anatomik va funksional KT va MRTlarning qo‘llanilishi» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib340.
Ilmiy rahbar: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Dautov Tairxan Bekpolatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori dotsent; Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Postdiplom ta’lim olish Rossiya tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p parametrli KT va MRT yordamida anatomik va funksional tasvirlarni shakllantirish orqali bosh va bo‘yin o‘smalarining bosqichini tashxislashni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh va bo‘yin saratoni tashxisida KT va MRT samaradorligi sifatli tasvirni tahlil qilishda kompleksdan foydalanish isbotlangan: konturi va tuzilishi, perinevral tarqalishi, limfa tugunlarini jalb qilinishi va tasvirni miqdoriy tahlil qilish: o‘smadagi suv molekulalarining o‘lchangan diffuziya koeffisientini va o‘smaning fazoviy geterogenligi «tekstur indeksini» aniqlangan;
bosh va bo‘yin o‘smalari perinevral tarqalish tashxisida, KT va MRT ma’lumotlaridan suyak kanali va nerv teshiklari kengayish belgilari aniqlangan, shuningdek nervlarning yog to‘qimalarining infiltratsiya bulishi isbotlangan;
MRT tekshiruvida bosh va bo‘yinning xavfsiz va xavfli o‘smalari o‘rtasida differensial tashxis utkazish uchun diffuziyani restriksiya belgisini aniqlashda T1, T2 vaznli tasvirlar va diffuzion vaznli tasvirlardan foydalanish isbotlangan;
o‘simta xafsizligi darajasini aniqlash uchun: G1, G2, G3, G4, geterogenlikning yagona integral kurchatkichi - «extimollik indeksi» ni aniqlash bilan o‘simtaning KT va MRT tasvirlarining tekshuruv taxlilidan foydalanish, shu jumladan o‘simta diskriminatsiyasi bashoratchi sifatida isbotlangan; 
bosh va buyinning xavfsiz va xavfli o‘smalarini tashxislashda funksional MRTning aniqligi birinchi marta o‘lchangan diffuziya koeffisientining birlashishi bilan isbotlangan: o‘simtaning hujayra zichligini va o‘simtaning fazoviy geterogenligini «tekstur indeksi» chegara kiymatidan yukori eki pastrokdan aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh va bo‘yin saratonining nurli tashxislashda anatomik va funksional kompyuter va magnit rezonans tomografiyalarning qo‘llanilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bosh va bo‘yin saratonining nurli tashxislashda anatomik va funksional kompyuter va magnitli rezonanas tomografiyalarning qo‘llashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bosh va bo‘yin o‘smasini bosqichma-bosqich aniqlashda kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n–z/277–son ma’lumotnomasi). Natijada bosh va bo‘yin saratonining nurli tashxislashda anatomik va funksional kompyuter va magnit rezonans tomografiyalarning qo‘llash orqali kasallikni erta va aniq tashxislash va bemorlarni davolashning samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bosh va bo‘yin saratonining nurli tashxislashda anatomik va funksional kompyuter va magnit rezonans tomografiyalarning qo‘llanilishini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Burun va burun yon bo‘shliqlari o‘smasini tasvirlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7  avgustdagi 8n–d/277–son ma’lumotnomasi). Natijada burun va burun yon bo‘shliqlari o‘smasini tasvirlash usullari orqali sohasida saratonini erta tashxislash va xavfli o‘smalarning mestazlanishini oldini olish, bemorlarni umr davomiyligini oshirish, sohaning funksional holatini tiklash orqali davolash tizimini va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Bosh va bo‘yin saratonining nurli tashxislashda anatomik va funksional kompyuter va magnit rezonans tomografiyalarning qo‘llanilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar va Toshkent viloyatlari filiallarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 05 apreldagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bosh va bo‘yin o‘smasi tashxisotida tasvirlash usullaridan foydalanishni asoslash bilan olingan natijalar tashxisot taktikasini optimallashtirish, to‘qimalarni tahlil qilish ko‘rsatkichlarining bashoratlash qiymati yuqori darajada differensiatsiyalangan o‘sma bilan xastlangan bemorlarni o‘rtacha, past va ajratilmagan o‘smalari bo‘lgan bemorlardan farqlashda AUC CT ROC-egri - 0,84 va MRI ROC-egri 0,81 qiymatining o‘rni va  terapevtik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, operatsiya ko‘lamini aniqlashtirish, shuningdek, o‘sma kasalliklarini metastaz berishini kamaytirish, bosh va bo‘yin o‘smasining qaytalanishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish