Sayt test rejimida ishlamoqda

Saypov Sadulla Tursinbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta asrlar Xorazm sirlanmagan sopollari (IX-XIV asrlar)”. 07.00.06 - Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar786.
Ilmiy rahbar: [Kdirniyazov Muxammad-Sharif], tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Mutalibjon, tarix fanlari doktori; Qudratov Solijon Sulaymonovich, tarix fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rivojlangan o‘rta asrlar davri Janubiy Orolbo‘yi va Xorazm vohasi sirlanmagan sopol majmualari asosida hunarmandchilikdagi mahalliy innovatsiyalar, ixtisoslashuv va madaniy integratsiyalarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Mizdaxqon, Puljay va Jampikqala yodgorliklaridan IX-XIV asrlarga tegishli katta miqdordagi sopol buyumlarining texnik-tipologik davrlashtirilishi asosida Janubiy Orolbo‘yi hududi kulolchilik majmualarining IX-XI, XII va XIII-XIV acrlarga tegishli ekanligi isbotlangan;
Mizdaxqon yodgorligida topilgan sirlanmagan qora jiloli sopol buyumlarida katta va kichik variantlarga ega bo‘lgan silindrsimon va yarim sferali idish turlari mavjudligi aniqlanib, rivojlangan o‘rta asrlar davri Xorazm kulolchilik madaniyatida mahalliy an’analarning shakllanganligi dalillangan;
Mizdaxqon yodgorligi sirlanmagan sopol buyumlarini ishlab-chiqarishda qo‘llanilgan xumdonlarning tuzilishi, turlari va sopol mahsulotlarining turlichaligi asosida rivojlangan o‘rta asrlar davri Janubiy Orolbo‘yi kulolchilik hunarmandchiligida ixtisoslashtirilgan ustaxonalar yoki “korxona”larga o‘tish jarayoni aniqlangan;
Mizdaxqon, Puljay va Jampikqala yodgorliklari oshxona idishlaridagi geometrik va xochsimon shakllar hamda o‘simliksimon bosma bezaklar asosida o‘rta asrlar davri Janubiy Orolbo‘yi va Xorazm shaharlari kulolchilik mahsulotlarining Movarounnahr, Janubiy Qozog‘iston, Shimoliy Xuroson va Sharqiy Evropaning Qora dengiz va Qo‘yi Volga bo‘yi hunarmandchiligi mahsulotlari bilan o‘zaro madaniy-texnologik integratsiyasi mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘rta asrlar Xorazmining sirlanmagan sopollari (IX-XIV asrlar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida: 
Mizdaxqon, Puljay va Jampikqala yodgorliklaridan IX-XIV asrlarga tegishli katta miqdordagi sopol buyumlarining texnik-tipologik tasniflanishi va davrlashtirilishi asosida Janubiy Orolbo‘yi hududi kulolchilik majmualarining IX-XI, XII va XIII-XIV acrlarga tegishliligiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tarixi va madaniyati muzeyi ekspozisiyasini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 15 sentyabrdagi 368-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchi sayyohlarga Janubiy Orolbo‘yi kulolchiligi tarixiga doir ishonchli ma’lumotlarni berish imkoniyati yaratilgan;
Mizdaxqon yodgorligi sirlanmagan qora jiloli sopol buyum majmualarida katta va kichik variantlarga ega bo‘lgan silindrsimon va yarim sferali idish turlarining aniqlanishi asosida rivojlangan o‘rta asrlar davri Xorazm kulolchilik madaniyatida mahalliy innovatsiyalarning joriy etilishi, sirlanmagan sopol buyumlarni ishlab-chiqarishda qo‘llanilgan humdonlarning tuzilishi, turlari va sopol mahsulotlarining turlichaligi asosida rivojlangan o‘rta asrlar davri Janubiy Orolbo‘yi kulolchilik hunarmandchiligida ixtisoslashtirilgan ustaxonalar yoki “korxona”larga o‘tish jarayoni, sopol majmualardagi  geometrik va xochsimon shakllar hamda o‘simliksimon bosma bezaklarning mavjud bo‘lgani asosida o‘rta asrlar davri Janubiy Orolbo‘yi va Xorazm shaharlari kulolchilik mahsulotlarining Movarounnahr, Janubiy Qozog‘iston, Shimoliy Xuroson va Sharqiy Evropaning Qora dengiz va Qo‘yi Volga bo‘yi hunarmandchiligi mahsulotlari bilan o‘zaro madaniy-texnologik integratsiyasi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 28 yanvardagi 02-40-122-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy Orolbo‘yi kulolchilik ishlab chiqarishida innovatsiyalar, ixtisoslashuv va integratsiyalar to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar berish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish