Sayt test rejimida ishlamoqda

Isabekov Behzod Imomali o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori va O‘rta Ohangaron vodiysining qadimgi va o‘rta asrlar davri madaniyati”, 07.00.06 - Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar359.
Ilmiy rahbar: Ahmadali Asqarov, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusabur, tarix fanlari doktori; Toshboev Furqat Eshboevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ohangaron vohasi aholisining qadimgi va o‘rta asrlar davri dafn marosimlari, diniy qarashlari va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Ohangaron vohasidagi Yuqori Chinor, Do‘lanabuloq, Taypan, Turqushin va Ertosh-Do‘lana mozor-qo‘rg‘onlari hududidan olingan arxeologik materiallar asosida ustida tosh qoplamasi bo‘lgan vertikal katakomba va yo‘lagi perpendikulyar bo‘lgan gorizontal katakomba kabi ikki qabr turi aniqlanib, ulardan topilgan kulolchilik majmualariga ko‘ra barcha qabrlarning Qovunchi madaniyatigi tegishli bo‘lganligi isbotlangan;
Ohangaron vohasidagi Suyurlitepa va O‘ralitepa yodgorliklarida otashparastlik diniga oid otashkadalarning (maxsus o‘choq) aniqlanganligi, “muqaddas” sanalgan olovdan qolgan kullarning o‘ralarda saqlanganligi va otashparastlik ibodatlarida qo‘llanilgan sopol tutatqilarning mavjud ekanligi ushbu yodgorliklarning otashparastlik ibodatxonalari bo‘lib faoliyat yuritganligi isbotlangan;
Suyurlitepa yodgorligi tarixiy-topografik belgilarga ko‘ra ark (hukmdor saroyi), to‘rt qismdan iborat shahriston (shaharning ichki qismi), rabod (shahar tegrasi) va diniy markazdan (otashparastlik ibodatxonasi) iborat bo‘lganligi sababli uning urbanizatsiyaga tortilganligi (shaharlashgani) hamda IV asrdan XI-XII asrlargacha Kandir dovoni yo‘lidagi ilk yirik shahar bo‘lganligi dalillangan; 
Toshbuloq va O‘ralitepada aniqlangan bug‘doy, no‘xot, sholi donlari qoldiqlari, turli tegirmon toshlari hamda yorg‘uchoqlar kabi artefaktlarga ko‘ra Ohangaron vohasidagi Qovunchi madaniyatiga tegishli qabilalarning birinchi ming yillik boshlarida ko‘chmanchi chorvadorlik xo‘jalik turidan o‘troq dehqonchilik iqtisodiyotiga o‘tganligi (o‘troqlashuvi) asoslab berilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi. Yuqori va O‘rta Ohangaron vodiysining qadimgi va o‘rta asrlar davri madaniyati mavzusiga doir tadqiqot natijalari asosida:
Ohangaron vohasidagi Yuqori Chinor, Do‘lanabuloq, Taypan, Turqushin va Ertosh-Do‘lana mozor-qo‘rg‘onlaridan olingan arxeologik materiallar asosida ustida tosh qoplamasi bo‘lgan vertikal katakomba va yo‘lagi perpendikulyar bo‘lgan gorizontal katakomba kabi ikki qabr turi aniqlanib, ulardan topilgan kulolchilik majmuidan, jumladan, qo‘lda ishlangan kulolchilik buyumlari, taqinchoqlar, qo‘l tegirmonlar, qurol-yarog‘lar kabi topilmalar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “O‘zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi bo‘limi” eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 noyabrdagi 3/1255-3178-son ma’lumotnomasi). Natijada Ohangaron vohasi qadimiy dafn udumlari, hunarmandchiligi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to‘g‘risida muzeyga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun ishonchli ma’lumotlar berish imkoniyati yaratilgan;
Ohangaron vohasidagi Suyurlitepa va O‘ralitepa yodgorliklaridan olingan arxeologik materiallar – otashparastlik diniga oid otashkadalarning (maxsus o‘choq) aniqlanishi, “muqaddas” sanalgan olovdan qolgan kullarning o‘ralarda saqlanishi va otashparastlik ibodatlarida qo‘llanilgan sopol tutatqilarning topilishi asosida bu yodgorliklarning otashparastlik ibodatxonalari bo‘lgani, Suyurlitepa yodgorligi tarixiy-topografik belgilarga ko‘ra ark (hukmdor saroyi), to‘rt qismdan iborat shahriston (shaharning ichki qismi), rabod (shahar tegrasi) va diniy markazdan (otashparastlik ibodatxonasi) iborat bo‘lganidan uning urbanizatsiyaga tortilganligi (shaharlashgani) hamda uning IV asridan XI-XII asrlargacha Kandir dovoni yo‘lidagi ilk yirik shahar bo‘lganligi, Toshbuloq va O‘ralitepada aniqlangan bug‘doy, nuxot, sholi donlari qoldiqlari, ko‘plab tegirmon toshlari hamda yorg‘uchoqlar kabi artefaktlarga ko‘ra Ohangaron vohasidagi Qovunchi madaniyatiga tegishli qabilalarning birinchi ming yillik boshlarida ko‘chmanchi chorvadorlik xo‘jalik turidan o‘troq dehqonchilik iqtisodiyotiga o‘tganligi (o‘troqlashuvi) haqidagi xulosalardan  O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Moziydan sado”, “Ko‘hna manzillar”, “Bir qishloq tarixi” kabi ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 9 dekabrdagi 02–40–1848-son ma’lumotnomasi). Natijada Ohangaron vohasi shaharsozligi, diniy e’tiqodlari, ko‘chmanchi turmush tarzidan o‘troq turmush tarziga o‘tish jarayonlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar berish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish