Sayt test rejimida ishlamoqda

Alimbetov Ansatbay Keunimjaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta asr Xorazm shaharlaridagi turar-joylar”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar150.
Ilmiy rahbar: [Kdirniyazov Muxammed Sharip], tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Anarbaev Abdulhamidjon, tarix fanlari doktori, professor; Toshboev Furqat Eshboevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxeologik materiallar asosida rivojlangan o‘rta asrlarga oid Xorazm shaharlari turar-joylari tarixini ochib berish va ularning shahar madaniyatida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta asr Xorazm shaharlarida 5 ta turar-joy tipi aniqlanib,  “alohida turgan bir xonali uylar” hamda “bir qatorli ko‘p xonali uylar” kabi tiplar o‘rta hol aholi vakillariga tegishli bo‘lganligi, “dahlizli ko‘p xonali uylar” hamda “hovli va ayvonli ko‘p xonali uylar” kabi tiplar zodagonlarga tegishliligi, shuningdek, vaqtincha istiqomat qilish uchun mo‘ljallangan “qora uy shaklida turar-joy” tipining mavjud bo‘lganligi isbotlangan;
Xorazmshohlar davrida (IX-XII asrlar) Xorazm shaharlarining ilk o‘rta asrlarga (V-VIII asrlar) tegishli yirik er egalari (zodagonlar) va boy qatlam vakillarining shahar atrofidagi yirik qo‘rg‘onlari o‘rnida o‘rta hol aholi vakillariga tegishli bo‘lgan yangi, to‘g‘ri to‘rtburchaksimon shaklda, o‘lchamlari kichik va bir-biriga yaqin turar-joy tiplarining qurilishi evaziga kengaygani kuzatilib, vohada bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish bo‘lganligi asoslab berilgan;
Xorazmshohlar davrida (IX-XII asrlar) turar-joylar shaharlarning mudofaa devori bilan o‘ralgan ichki qismida va shahar ko‘lamidagi ishlab chiqarishdan ajralmagan holatda bo‘lganligi, Oltin O‘rda davriga kelib esa (XIII-XIV asrlar) shahar aholisining keskin o‘sishi va natijada shaharlar maydonining kengayishi sababli mudofaa devorlari o‘z vazifalarini yo‘qotib, turar-joylar shahar tashqarisida (rabod qismiga) qurila boshlaganligi va shu tariqa ilk bor an’anaviy mahallalarning shakllanganligi isbotlangan;
so‘nggi o‘rta asr Xorazm shaharlari mahallalarining joylashuvi, turar-joy tarhlari, ichki va tashqi ko‘rinishi va tarkibiy qismlarining rivojlanishi asosida bu erda Oltin O‘rda davrida kulollar, temirchilar, shishasozlar, nonvoylar, juvozchilar va boshqa kasbiy mahalla turar-joylarining yuzaga kelgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asr Xorazm shaharlaridagi turar-joylar mavzusiga doir tadqiqot natijalari asosida: 
O‘rta asr Xorazm shaharlarida 5 ta turar-joy tipi aniqlanib,  “alohida turgan bir xonali uylar” hamda “bir qatorli ko‘p xonali uylar” kabi tiplar o‘rta hol aholi vakillariga tegishli bo‘lganligi, “dahlizli ko‘p xonali uylar” hamda “hovli va ayvonli ko‘p xonali uylar” kabi tiplar zodagonlarga tegishliligi, shuningdek, vaqtincha istiqomat qilish uchun mo‘ljallangan “qora uy shaklida turar-joy” tipining mavjud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan OT-A1-85 «O‘rta asr Xorazm arxeologiyasi kul`turogenezi» (2017-2018) mavzusidagi amaliy davlat granti loyihasining muayyan boblarini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2019 yil 4 dekabrdagi 01-22-04-1/264-son ma’lumotnomasi). Natijalar Janubiy Orol bo‘yi xalqlarining turar-joylar bilan bog‘liq urf-odatlari, an’anaviy me’morchiligining ayrim nazariy muammolarining echimi sifatida xizmat qilgan;
o‘rta asr Xorazm shaharlaridan topilgan turar-joylarga oid arxeologik ashyolar Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi, Koraqalpog‘istan Respublikasi o‘lkashunoslik muzeyi (hozirgi Qoraqalpog‘istan tarixi va madaniyati davlat muzeyi) ekspozisiyasiga kiritilgan (Qoraqalpog‘istan Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 6 fevraldagi 2-04/31-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey eksponatlari orasidan joy olgan o‘rta asrlar davri madaniy turmush tarzini yorituvchi moddiy manbalar Xorazm shaharlari aholisining turar-joylari, inter`erni tashkil qiluvchi jihozlari, aholining xo‘jaligi bilan bog‘liq moddiy madaniyat namunalari haqida muzeyga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga turar-joylar tarixidan ishonchli ma’lumotlar berish imkoniyati yaratilgan; 
Xorazmshohlar davrida (IX-XII asrlar) Xorazm shaharlarining ilk o‘rta asrlarga (V-VIII asrlar) tegishli yirik er egalari (zodagonlar) va boy qatlam vakillarining shahar atrofidagi yirik qo‘rg‘onlari o‘rnida o‘rta hol aholi vakillariga tegishli bo‘lgan yangi, to‘g‘ri to‘rtburchaksimon shaklda, o‘lchamlari kichik va bir-biriga yaqin turar-joy tiplarining qurilishi evaziga kengaygani kuzatilib, vohada bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida nashr etilgan o‘quv qo‘llanma o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Qoraqalpog‘iston tarixi» fani o‘quv dasturiga kiritilib, ma’ruzalarning mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘istan Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 01-01/1- 407-son dalolatnomasi). Natijada Xorazmshohlar davri turar joy qurilish madaniyatiga doir ishonchli ma’lumotlar berish imkoniyati yaratilgan;
Xorazmshohlar davrida (IX-XII asrlar) turar-joylar shaharlarning mudofaa devori bilan o‘ralgan ichki qismida va shahar ko‘lamidagi ishlab chiqarishdan ajralmagan holatda bo‘lganligi, Oltin O‘rda davriga kelib esa (XIII-XIV asrlar) shahar aholisining keskin o‘sishi va natijada shaharlar maydonining kengayishi sababli mudofaa devorlari o‘z vazifalarini yo‘qotib, turar-joylar shahar tashqarisida (rabod qismiga) qurila boshlaganligi va shu tariqa ilk bor an’anaviy mahallalarning shakllanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “O‘lkamiz bo‘ylab” ko‘rsatuvi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 1 fevraldagi 01-02/36-son dalolatnomasi) va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Ozbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvi ssenariysini tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 02-40-1211-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm shahar aholisining moddiy madaniyati, tarixi bilan birgalikda o‘sha davrdagi qurilish madaniyati, bu borada qo‘lga kiritilgan ilg‘or yutuqlari yurtimiz fuqarolarini tariximizni o‘rganishda, turizmning arxeologiya yo‘nalishini aholi keng qatlami e’tiboriga etkazishda, arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilishda, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirishda keng targ‘ib qilish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish