Saidov O‘tkirjon Mallaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuq eritmalarning fil`trlash texnologik jarayonini tadqiq qilish uchun modellar va hisoblash algoritmlarini takomillashtirish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1576.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Boltibaev Shuxratjon Komiljanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Suyuq ionli eritmalarni fil`trlash texnologik jarayonlarini tadqiq qilish uchun matematik modellarni yaratish, takomillashtirish, samarali sonli hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuq eritmalarni g‘ovak muhit orqali mexanik va ionalmashinuv fil`trlash texnologik jarayonining matematik modeli takomillashtirilgan;
kol`matatsiya va suffoziya jarayonlari e’tiborga olingan holda g‘ovak muhitda past konsentrlangan suspenziyalarni fil`trlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
suyuq eritmalarni fil`trlashda fil`tr ustida cho‘kindilar qatlami hosil bo‘lishi nostatsionar texnologik jarayoni uchun matematik model` takomillashtirilgan;
kol`matatsiya, suffoziya va cho‘kindi qatlamni hosil bo‘lishini e’tiborga olingan holda suyuq va ionlangan eritmalarni mexanik va ionli fil`trlash masalalarini echish uchun samarali hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suspenziyalar va ionli eritmalarni fil`trlashning texnologik jarayonini tahlil qilish va bashorat qilish, shuningdek fil`trlash agregatlarining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalardan foydalanish asosida:
suyuq eritmalarni g‘ovak muhit orqali mexanik va ionalmashinuv fil`trlash texnologik jarayonining matematik modeli «INTEGRA DD» MChJga dorivor kapsulalarni ishlab chiqishda suyuq eritmalarni tozalashning texnologik jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha matematik va dasturiy ta’minot joriy etildi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 33-8/1382-son ma’lumotnomasi). Natijada tozalash inshootlari fil`trlarining ishlash muddatini 8-12% ga oshirish va adsorbsiya xarajati 5-8% ga kamaytirish imkonini bergan;
suyuq eritmalarni g‘ovak muhit orqali mexanik va ionalmashinuv fil`trlash texnologik jarayonining matematik modeli Samarqand viloyati «Suv ta’minot» MChJda ochiq suv havzalarida suvni tozalash fil`trlash qurilmalarining asosiy parametrlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash va nazorat qilish uchun matematik va dasturiy ta’minot joriy etildi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 33-8/1382-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fil`trlarning xizmat qilish muddatini 7-10% ga oshirish, shuningdek, muhandislik hisob-kitoblari uchun ketadigan vaqt va mehnat xarajatlarini 6-10% ga kamaytirishga xizmat qilgan;
suyuq eritmalarni g‘ovak muhit orqali mexanik va ionalmashinuv fil`trlash texnologik jarayonining matematik modeli «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJda paxta yog‘ini qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tadqiq qilish bo‘yicha matematik va dasturiy ta’minot joriy etildi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 33-8/1382-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida paxta yog‘ini tozalash uchun fil`trlarning ishlash muddatini 7-10% ga oshirish va adsorbsiya xarajatlarini 2-4 % ga kamaytirish imkonini bergan.