Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmedova Feruzaxon Shaxbosxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet 2-turining manifestatsiyasi va kechishiga surunkali virusli gepatit S ning ta’siri», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib839.
Ilmiy rahbar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Musaboev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qandli diabet 2-turining manifestatsiyasi va kechishiga surunkali virusli gepatit S ning ta’sirini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit S kuzatilgan bemorlarda insulinrezistentlik rivojlanishiga kasallikning davomiyligi uzayishi, 1b genotipi va yuqori viremiyaning mavjudligi orasida bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali virusli gepatit S kuzatilgan bemorlarda insulinrezistentlik, dislipidemiya, 1b genotipi va yuqori virusli yuklama birgalikda kuzatilganda jigardagi fibrozlanish avjlanishi  tasdiqlangan;
qandli diabet 2-turi bilan virusli gepatit S birga uchraganda kasalliklarning birlamchi rivojlanganiga ko‘ra, avval qandli diabet 2-turi so‘ng surunkali virusli gepatit S kuzatilgan bemorlarda  qandli diabet 2-turining manifestatsiyasi va klinik kechishi og‘ir bo‘lishi aniqlangan;
surunkali gepatit S bilan assotsirlangan qandli diabet 2- turi bemorlarda qand pasaytiruvchi davo samaradorligi va havfsizligi baholanib, maqsadli glikemik ko‘rsatkichlarga erishishda dipeptidilpeptidaza-4 ingibitorlarini qo‘llash samarador ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet 2-turining manifestatsiyasi va kechishiga surunkali virusli gepatit S ning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan: 
surunkali virusli gepatit S kasalligi kuzatilgan bemorlarda qandli diabetning 2-turini davolash samaradorligini baholash asosida ishlab chiqilgan «Surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bemorlarda qandli diabetning 2-turini davolash samaradorligini o‘rganish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n/z-14-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit S mavjud bemorlarda qandli diabetning 2-turini davolash usullarini havfsiz va samaradorligiga ko‘ra baholash, dori guruhlarida asoratlar rivojlanishini erta aniqlash imkonini bergan;
qandli diabet 2-turining manifestatsiyasi va kechishiga surunkali virusli gepatit S ning ta’siri va ushbu bemorlarda qandli diabetning 2-turini davolash samaradorligini o‘rganish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Yo.X. Turaqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo filiali va Navoiy viloyati endokrinologiya dispanserlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 martdagi 08-03/8536-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy tadqiqot natijalari surunkali virusli gepatit S bemorlarida insulinrezistentlik va qandli diabet 2-turini erta aniqlash, klinik kechish hususiyatlarini o‘rganish hamda davolashga yo‘naltirilgan.Tatbiq etish natijalari surunkali virusli gepatit S hamda qandli diabet 2-turi birga kechishida davolashni takomillashtirish va asoratlarning oldini olish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish