Tursunov Yaxyo Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.hirsutum L. g‘o‘zada antotsian rangning hamda xlorofill miqdorining irsiylanishi va ularning aloqadorligi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B454.
Ilmiy rahbar: Abzalov Miradxam Fuzaylovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Abdullaxat Abdujabborovich, biologiya fanlari doktori; Ergashev Ma’rufjon Maxammadovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G.hirsutum L. g‘o‘zani genetik kolleksiya tizmalarini antotsian rangning va xlorofill «a» va «b» donachalarining miqdori ko‘rsatkichlarini irsiylanishi, ularni duragay avlodlarda aloqadorligini aniqlash asosida amaliy seleksiya jarayonida antotsian rangli manbalar ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘za o‘simliklarda antotsian rangli genetik kolleksiya tizmalari L-2, L-3, L-4 va L-105 ishtirokida olingan F1, F2, Fb o‘simliklarida antotsian rangni fenotipik namoyon bo‘lishida ishtirok etuvchi Rp-rp alleldan tashqari, Rvst -rvst yangi allel bo‘lmagan gen aniqlangan. «Xanthoviresens» – sariq yashilga aylanuvchi mutatsiyaning genetik tabiati ochib berilgan;
duragay o‘simliklarning F2 avlod 1/16 nisbatda, har ikkala ota-ona tizmalar fenotipiga xos bo‘lmagan, yashil o‘simliklarni ajralib chiqishi, haqiqatda antotsianni rivojlanishini ta’min etuvchi genlar gomologik bo‘lmagan xromasomalarda joylashgan genlar ekanligini isbotlangan;
o‘simlikda xlorofillni «Xenthoviresens» – sariq yashilga aylanuvchi, mutantli L-4 tizmada, xlorofillni rivojlanishi, bargni yosh davrida sariq – yashil bo‘lishi va bargning voyaga etishuvida yashil rangga o‘tishi L-3 va L-4 tizmalar ishtirokida olingan F1, F2 o‘simliklarining genetik tahlili, bu mutatsiya resessiv tabiatga ega ekanligi aniqlangan;
yangi genotipga ega bo‘lgan tizma yashil bargli L-105 hamda xlorofill miqdori har xil darajada bo‘lgan yangi antotsianli va yashil rangli tizmalar ajratib olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G.hirsutum L. g‘o‘zada antotsian rangning hamda xlorofill miqdorining irsiylanishi va ularning aloqadorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning antotsian rangi va xlorofill donachalarining mikdori bo‘yicha farklanuvchi tizmalari L-12, L-35, L-4, L-3 L-105, L-477, L-501 Andijon viloyati Shahrixon tumanining «Iqbol», fermer xo‘jaligi dalalarida 2008-2016 yillarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 05/032-3409-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik bargidagi xlorofill donachalari mikdorini ortishi bargda ketadigan fotosintez jarayoniga ijobiy ta’sir kursatgan va paxta xosildorligini 3-4 s/ga oshirish imkonini bergan;
o‘simlikda xlorofillni “Henthoviresens” - sarik yashilga aylanuvchi, mutantli L-4 tizmasi Andijon viloyati Shaxrixon tumani «Xomidjon», «Saodat obod dalasi», fermer xo‘jaliklarida 2012-2015 yillarda 1-3 gektardan maydonga amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2020 yil 20 maydagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, antotsian pigmentga ega bo‘lgan o‘simliklar suvsizlikka chidamliligi natijasida pigmentga ega bo‘lmagan o‘simliklarni suvsizlik davridagi hosildorligini saqlab qolish imkonini bergan.