Xo‘jaqulov Kamoliddin Ramazonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy ikkilamchi uglevodorodlar asosida sintetik yuqori yog‘ kislotalarining olinishi, xossalari, texnologiyasi va ularning sanoatda qo‘llanilishi», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2455.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parafin uglevodorodlari va quyi molekulali polietilen asosida sintetik yuqori yog‘ kislotalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy parafin uglevodorodlar tarkibining sifatiy va miqdoriy tahlili natijasida normal tuzilishga ega bo‘lgan yuqori molekulali S15-S30 parafin uglevodorodlari va halqali uglevodorodlar borligi isbotlangan;
yuqori molekulali S15-S30 parafin uglevodorodlari va quyi molekulali polietilenning yuqori fraksiyasi S10-S20 asosida sintetik yog‘ kislotalar olish jarayonining maqbul rejimi: harorat 140-180oS, havo uzatish tezligi 1 kg xomashyoga 0,4-0,6 l/s, reaksiya davomiyligi 4-6 soat ishlab chiqilgan;
parafinlarni katalizator yordamida oksidlanish jarayonida, optimal rejim harorat 180oS, havo uzatish tezligi 0,6 l/s, reaksiya vaqti 6 soatda oksidat unumi maksimum 82% va olingan oksidat tarkibida yuqori molekulali karbon kislotalar miqdori S17-S20 fraksiyalari 13-15% ekanligi isbotlangan;
yuqori molekulali S15-S30 parafin uglevodorodlarini oksidlash jarayonida maxsulotning chiqshi unumiga harorat, kislorod miqdori va reaksiya vaqtining ta’siri qonuniyatini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
yuqori molekulali parafin uglevodorodlarini oksidlab yuqori yog‘ kislotalarini olish texnologiyasining rektifikatsiyalovchi kolonnalar sonini to‘rttadan bittaga qisqartirish hamda quvurli pech bilan jixozlash orqali takomillashtirilgan sxemasi ishlab chiqilgan;
solidol GOST-1033 tarkibidagi tabiiy yog‘ kislotalari o‘rniga yuqori molekulali parafin uglevodorodlaridan olingan sintetik yuqori yog‘ kislotalarining kalsiyli sovunidan 20% gacha qo‘shish natijasida mahsulotning qovushqoqlik samaradorligining ortishi va tarkibidagi suv miqdorining kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy ikkilamchi uglevodorodlar asosida sintetik yuqori yog‘ kislotalarini olish texnologiyasi va ularni sanoatda qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibidagi tabiiy yog‘ kislotalari o‘rniga yuqori molekulali parafin uglevodorodlaridan olingan sintetik yuqori yog‘ kislotalarining kalsiyli sovunidan 20% gacha qo‘shish natijasida antifriksion kompozision surkov model moyi (solidol) “Buxoro ta’mirlash mexanika zavodi” AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“Buxoro ta’mirlash mexanika zavodi” AJning 2021 yil 23 noyabrdagi 10.00/PP-430 son ma’lumotnomasi). Natijada, namuna sifatida olingan namunaning qovushqoqlik samaradorligi 250 dan 260 ga ortishi va tarkibidagi suv miqdorining 2,5% dan 1,5% gacha kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy ikkilamchi parafin uglevodorodlar asosida olingan sintetik yuqori yog‘ kislotalar tarkibli yog‘lovchi kompozisiyalar “Uzcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi “MEHAVAYA MODA”, “OMAD AZIZ”, “ISLOM” MChJ korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (“Uzcharmsanoat” uyushmasining 2021 yil 21 sentyabrdagi FB-7/2482-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olingan sintetik yuqori yog‘ kislotalarini texnologik jarayonda an’anaviy yog‘lovchilar o‘rnida qo‘llash iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.