To‘raeva Saida Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Insektisid ta’siriga ega biopreparat yaratishda Haplophyllum perforatum o‘simligidan foydalanishning biologik asoslari», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/V478.
Ilmiy rahbar: Zakirova Rano Pulatovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/05.06.2020.V.91.03.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Isaev Yusuf Tojimamatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda keng tarqalgan Rutaceae oilasiga mansub Haplophyllum perforatum o‘simlik ekstraktidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy zararkunandalariga qarshi yuqori samarali va ekologik xavfsiz biopestisid yaratishda foydalanishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Haplophyllum perforatum o‘simligi ekstrakti meva-sabzavot ekinlarining bir qator Aphididae oilasiga mansub sanchib so‘ruvchi zararkunandalariga va omborxona zararkunandasiga Callosobruchus maculates nisbatan yuqori insektisid faolligiga ega ekanligi laboratoriya sharoitida aniqlangan;
Haplophyllum perforatum o‘simligi ekstrakti Fusarium oxisporum Schrf. fitopatogen zamburug‘iga qarshi fungisidlik faolligi aniqlangan;
ilk bor Haplophyllum perforatum o‘simligi ekstraktidan dala sharoitida pomidor kuyasi qurtiga nisbatan biologik samaradorligi baholangan;
Haplophyllum perforatum o‘simligi ekstraktini pomidor o‘simligining biometrik va sifat ko‘rsatgichlariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
ilk bor Haplophyllum perforatum o‘simligi ekstrakti hayvonlarga nisbatan kam zaharliligi, zaharlilik bo‘yicha IV guruhga mansubligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Insektisid ta’siriga ega biopreparat yaratishda Haplophyllum perforatum o‘simligidan foydalanishning biologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Haplophyllum perforatum o‘simligi ekstraktidan madaniy o‘simliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish vositasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP.06610. 2021 y.). Natijada, yangi, samarali ekologik xavfsiz bioinsektisid yaratish imkonini bergan;
Haplophyllum perforatum o‘simligi ekstraktining pomidor kuyasi qurtiga nisbatan dala sharoitida yuqori biologik samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan №VA-KHF-5-008 “Tomatdoshlar oilasiga mansub ekinlarni zararlaydigan pomidor kuyasi (Tuta absoluta) biologik xususiyatlarini o‘rganish asosida populyasiya sonini boshqarishning ilmiy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021-yil 25-noyabrdagi №4/1255-3303-son ma’lumotnomasi). Natijada, pomidor kuyasi qurtiga qarshi kurashda foydalanish natijasida pomidor mahsuldorligini saqlab qolish va oshirish imkonini bergan.