Mavlonov Shohrux Boboxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi alkilmetakrilatlar va stirol asosida prisadkalar sintezi va ularning olinish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1510.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvaxob Ikromovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Muxtor Maxmudovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi alkilmetakrilat va stirol asosida prisadkalar sintez qilish va ularning sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor alkilmetakrilatlar va stirol asosidagi sopolimerlanish jarayoni unumiga va maxsulot molekulyar massasiga inisiator miqdori – 0,3-1 %, stirolning miqdori – 5-50% va harorat – 60-80oS ta’siri qonuniyati ilmiy asoslangan;
dizel yoqilg‘isi uchun depressor xususiyati namoyon qiluvchi prisadka olishda sopolimerlanish jarayonining maqbul rejimi – alkilmetakrilat va stirol 4:1 mol` nisbatda, harorat 70oS va vaqt davomiyligi 3 soatga tengligi aniqlangan;
sopolimer unumi va molekulyar massasiga turli omillar ta’siri orasidagi bog‘liqliklar qonuniyatini nazariy baholashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
sintez qilingan sopolimerning uning tarkibidagi uzun chiziqli to‘yingan uglevodorod zanjirlari va qutbli funksional guruhlarning dizel yoqilg‘isi tarkibidagi parafin uglevodorodlari yadrolari yuzasidagi koordinatsiyasi va natijada mezofazada hosil bo‘lgan kristallarning yiriklashishi oldini olish orqali depressor prisadka turiga mansub ekanligi isbotlangan;
dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi alkilmetakrilatlar va stirol asosida prisadka olishning ilmiy-texnologik aspekti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi alkilmetakrilat va stirol asosida depressor prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan prisadka Buxoro neftni qayta ishlash zavodining «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yilni 24 fevrvldagi 37-62/837-son ma’lumotnomasi). Natijada, namuna sifatida olingan prisadkaning 0,5% li eritmasi dizel yoqilg‘isining qotish haroratini -14 dan -28oS gacha, fil`trlanish chegaraviy haroratini -5 dan -19oS gacha tushirish imkonini bergan;
tarkibida dispergirlovchi parafin uglevodorod birikmalari kiritilgan prisadkalar Buxoro neftni qayta ishlash zavodining «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yilni 24 fevrvldagi 37-62/837-son ma’lumotnomasi). Natijada, O`zDTs 1134:2018 standarti asosida tekshirilganda dizel yoqilg‘isining fizik-kimyoviy xossalariga salbiy ta’sir etmasdan faqat qotish haroratini -14 dan -32oS gacha, fil`trlanish chegaraviy haroratini -10 dan - 23oS gacha pasaytirish imkonini beradi.