Rashidova Nilufar Tulkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik chiqindilari fermentativ konversiyasi asosida biotexnologik mahsulotlar olish va foydalanish istiqbollari», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/B496.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Sattarov Abdumurod Sattarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli zamburug‘lardan (mikromisetlar, bazidiomisetlar) gidrolazalarning faol produsentlarini ajratib olish,  zamburug‘larning o‘sish dinamikasida lignotsellyulozali chiqindilarini chuqur gidrolizlaydigan fermentlar spektrini aniqlash va preparat yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tuproq zamburug‘larining gidrolitik (sellyulolitik) faolliklarining qiyosiy tahlili, fermentlarning o‘xshashlik xususiyatlari aniqlangan;
turli tabiiy manbalarida keng tarqalgan tuproq mikromiset zamburug‘lari gidrolitik faol mahalliy shtammlari ajratib olingan va kolleksiyada saqlanuvchi bazidiomisetlar fermentlari  tarkiblari aniqlangan;
qulay va arzon maxalliy o‘simlik chiqindilari asosida oziqa muhiti yaratildi, maksimal ferment hosil bo‘lishi uchun o‘sish parametrlari optimallashtirilgan;
kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘simlik chiqindilari tarkibidagi sellyulozaning kimyoviy va fermentativ gidrolizi hamda kataliz mahsulotlari asoslangan;
biopreparatlar olishning laboratoriya reglamenti va daraxt qipig‘i, bug‘doy kepagi va somonining uglevodlar hamda qandli moddalarga konversiyasi usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘simlik chiqindilari fermentativ konversiyasi asosida biotexnologik mahsulotlar olish va foydalanish istiqbollari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Aspergillus terreus sellyulolitik faol suyuqligi va Mikrozim-2 biopreparati Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi “Bobur” fermer xo‘jaligining 5,0 ga kovul “Capparis spinosa L” dasht zonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 24 dekabrdagi 03-02/8-2158-son ma’lumotnomasi). Natijada, kovul urug‘lari tez unib chiqqan va yovvoyi shakllariga nisbatan hosili 2-2,5 baravar ortishi imkonini bergan;
biologik faol moddalar va Mikrozim-2 biopreparati bug‘doyning “Zamin-1” va “Zamin-2” navlariga ishlov berilib, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tipiq bo‘z tuproqli sug‘oriladigan maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 24 dekabrdagi 03-02/8-2158-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning biometrik ko‘rsatkichlari ortgan, kleykovina miqdori 1,1-2,1% ga oshgan va nazoratga nisbatan 8,6-10,2 qo‘shimcha  hosil olish imkonini bergan;
Aspergillus terreus, Pleurotus ostreatus. mahalliy zamburug‘lar fermentlari va Mikrozim-2 biopreparati pomidorning “Temp”, bulg‘or qalampirining “Paprika”, bodringning “Orzu” va “Zazulya” navlariga ishlov berilib Jizzax shahri “Ko‘xna sharq saltanati” fermer xo‘jaligi issiqxona maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 oktyabrdagi 02-025-4436-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavotlar urug‘larining unib chiqishi 95% tashkil etgan va yuqori hosil olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish