Zokirova Mashhura Sodiqjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fruktozali sharbatlar asosida parhezbop konservalar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T152.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: «O‘zvinosanoatxolding» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inulin tutuvchi o‘simlik xomashyosi ekstraktini olish, qayta ishlab fruktozali sirop tayyorlash va uning asosida parhezbop shirin konservalar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Saccharomyces cerevisiae achitqisi hamda Aspergillus oryzae zamburug‘i mikroorganizmlari fermentlari ta’siridagi inulin konversiyasi aniqlangan;
organik kislotalarga boy tabiiy meva sharbatlari asosida topinambur tuganagi tarkibidagi inulin gidrolizlanishi aniqlangan;
yangi turdagi parhezbop shirin konserva va tabiiy kupajlangan sharbat konservasi tarkibi yaratilgan;
topinambur ekstraktidan sof holatda hamda mineral tuzlar bilan boyitilgan holda substrat sifatida foydalanib, Saccharomyces cerevisiae achitqisi hamda Aspergillus oryzae zambrug‘i bilan fermentlash, kul`tural suyuqlikdagi biomassa o‘zgarishining dinamikasi, inulaza fermenti ta’sirida fruktoza hosil bo‘lishining dinamikasi, substratdagi oqsil miqdorining o‘zgarish dinamikasi hamda o‘stirish muhitining kislotalilik darajalarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi dinamikalari aniqlangan;
topinambur tuganagi asosida konserva ishlab chiqarish tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fruktozali sharbatlar asosida parhezbop konservalar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
topinambur tuganakmevalaridan fruktozali sirop olish texnologiyaci «Namkon» sharbat ishlab chiqarish XKda joriy qilingan («O‘zbekoziqovqatxolding» XKning 2017 yil 13 oktyabrdagi AK/11-3452-son ma’lumotnomasi). Natijada topinamburdan olingan parhezbop sirop asosida ishlab chiqarish samaradorligi an’anaviy xomashyoga nisbatan 14% ga oshirish imkonini bergan;
topinamburdan olingan fruktozali sirop asosida shirin konservalar ishlab chiqarish texnologiyasi «Shokirjon-Shavkatjon hamkor» konserva ishlab chiqarish XKda joriy qilingan («O‘zbekoziqovqatxolding» XKning 2017 yil 13 oktyabrdagi AK/11-3452-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligi an’anaviy texnologiyaga nisbatan 16%ga oshirish imkonini bergan;
topinamburning fruktozali siropidan qand o‘rinbosari sifatida foydalanilib, shirin konservalar ishlab chiqarish texnologiyasi «Tillaxon» sharbat va konserva ishlab chiqarish XKda joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XKning 2017 yil 13 oktyabrdagi AK/11-3452-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan konserva turlari parhezbop bo‘lib, iste’mol bozorida eksport qilish imkonini bergan.