Mengliev Sherzod Shoimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlatilgan etanolaminlarni ishchi xossasini qayta tiklash va ularning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K378.
Ilmiy rahbarlar: Pulatov Xayrulla Lutfullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Turaev Tolib Bozorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazni tozalash jarayonida etanolaminlarning ishchi eritmalarida destruksiya mahsulotlarining paydo bo‘lish sabablarini aniqlash hamda ulardan tozalash texnologiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan atrof–muhit muhofazasini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik muammolarni xal etish, gazni qayta ishlash korxonalarida xom-ashyolarni gazlarni tozalashda absorbsion qurilmalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida hosil bo‘luvchi etanolaminlarni destruksiya mahsulotlari uning ishchi eritmalarining sorbsiyalanmaydigan asosiy sabablari aniqlangan;
gaz tarkibidagi agressiv komponentlar amin eritmalari bilan o‘zaro ta’sirlanishi natijasida absorbentni gazni tozalash tizimidan olib chiqilishining asosiy sabablari aniqlangan;
yaroqsiz etanolaminlarning vakuum–ekstraksiya qilish jarayoni natijasida ularni destruksiya mahsulotlaridan tozalash darajasini 60-65% gacha oshirish imkoniyati mavjudligi isbotlangan;
texnologik chiqindi ko‘rinishidagi yaroqsiz etanolamin eritmalarini qayta tiklash yo‘li bilan atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilarni 70-75%ga qisqarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ishlatilgan etanolaminlarni ishchi xossasini qayta tiklash va ularning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy amaliy natijalar asosida:
sanoat chiqindisi hisoblangan etanolamin eritmalarini vakuum–ekstraksiya usulida tozalash texnologiyasi «Muborak GQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak GQIZ» MChJning 2021 yil 5 iyundagi 2690–son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazni tozalash va qayta ishlashda foydalanilgan ishchi etanolamin eritmalalarining regeneratsiyasi hamda qoldiq kub chiqindilarining utilizatsiyasi, tozalash qurilmalarini texnologik jarayonlardagi foydalanish muddatini uzaytirish imkonini bergan;
vakuum–ekstraksiya usulida etanolaminlarni degradatsiya mahsulotlaridan tozalash jarayonida olingan absorbentlarni regeneratsiyasi «Muborak GQIZ" MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 03-17-B/176-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaroqsiz etanolamin eritmalarini qayta tiklab, 60-65% gazni tozalash jarayoniga qaytarish va absorbentlarning xizmat qilish muddatini 10-15% ga uzaytirish hamda ishlab chiqarish harajatlarini 15-16% ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish