Djoldasova Saxipjamal Djalgasovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda migratsiya sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Yu95.
Ilmiy konsul`tant: Muxamedov O‘tkirbek Xazratkulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori; Ro‘ziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Axmedova Soraxon Tolipjanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda migratsiya sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtipishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholini ro‘yxatga olish dasturida shaxsning fuqaroligi, yashash joyi (turgan joyi) hamda ichki va tashqi migratsiyaga oid ma’lumotlarni aks ettirish mamlakatning migratsiya jarayonining real holatini aniqlash uchun zarurligi asoslab berilgan;
chet ellik ish beruvchi tomonidan mehnat migranti sifatida O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish rad etilgan hollarda yuboruvchi tashkilotga ushbu fuqaroni ishga joylashtirish yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytarishni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish majburiyatini yuklash zarurati asoslangan;
g‘ayriqonuniy migratsiya oqibatida odam savdosidan jabrlangan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan ushbu jinoyatni sodir etishda aybdor shaxslar bo‘yicha sud qarori chiqarilguniga qadar deportatsiya choralarini qo‘llamaslik xalqaro standartlarga muvofiqligi asoslab berilgan;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish hamda O‘zbekiston Respublikasidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish jazo chorasini qo‘llash zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti va identifikatsiyalovchi ID-kartasini, shuningdek O‘zbekistonda doimiy chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini olishga doir murojaatlari bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali elektron xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish zarurati asoslantirilgan;
chet el fuqarolariga vakolatli davlat organiga murojaat qilmasdan “e-visa.gov.uz” portali orqali “E-visa.uz” tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirish tartibini yo‘lga qo‘yish zarurati asoslantirilgan;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga “Faxriy fuqaro” maqomining berilishi mamlakatimizda qulay investisiya muhitining yaratilishiga va dunyoda O‘zbekistonning ijobiy imiji shakllanishiga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda migratsiya sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholini ro‘yxatga olish dasturida shaxsning fuqaroligi, yashash joyi (turgan joyi) hamda ichki va tashqi migratsiyaga oid ma’lumotlarni aks ettirish mamlakatning migratsiya jarayonining real holatini aniqlash uchun zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi birinchi qismining ettinchi, sakkizinchi va o‘n ettinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2021 yil 2 fevraldagi 04/02-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi aholini ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
chet ellik ish beruvchi tomonidan mehnat migranti sifatida O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish rad etilgan hollarda yuboruvchi tashkilotga ushbu fuqaroni ishga joylashtirish yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytarishni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish majburiyatini yuklashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 104-moddasi oltinchi, ettinchi qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2020 yil 30 dekabrdagi 04/3-05-66-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
g‘ayriqonuniy migratsiya oqibatida odam savdosidan jabrlangan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan ushbu jinoyatni sodir etishda aybdor shaxslar bo‘yicha sud qarori chiqarilguniga qadar deportatsiya choralarini qo‘llamaslikka doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 avgustdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 27-moddasining ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 06/1-05/3628-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi odam savdosidan jabrlangan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari kafolatlanishiga xizmat qilgan;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish hamda O‘zbekiston Respublikasidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish jazo chorasini qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 noyabrdagi “Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasi, 3-moddasining 2, 3-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2021 yil 11 yanvardagi 10/1-3629-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning tatbiq etilishi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlarini kafolatlashga hamda mamlakatda investisiya va turizm muhitining yaxshilanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti va identifikatsiyalovchi ID-kartasini, shuningdek O‘zbekistonda doimiy chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini olishga doir murojaatlari bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali elektron xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 yanvardagi “Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5-son qarorining 3-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilarini, 2022 yil 6 yanvardagi “Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 8-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 13 yanvardagi 12/21-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi xorijga chiqish tartibini yanada takomillashtirishga, shaxsni va fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishda aholiga qulay sharoitlar yaratish, byurokratik to‘siqlar va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qilgan;
chet el fuqarolariga vakolatli davlat organiga murojaat qilmasdan “e-visa.gov.uz” portali orqali “E-visa.uz” tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirish tartibini yo‘lga qo‘yishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 885-son qarori ilovasining 1-bandi “b” kichik bandi o‘n sakkizinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 17 noyabrdagi 12/20-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi O‘zbekistonda qulay investisiya muhitining yaratilishiga xizmat qilgan;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga “Faxriy fuqaro” maqomining berilishiga doir tartibni joriy etish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 avgustdagi “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risida”gi 648-son qarorining 1-ilovasi to‘rtinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 17 noyabrdagi 12/20-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi jahonda O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imiji shakllanishiga xizmat qilgan.