Axmedov Jamoliddin Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda dalillarni baholashning protsessual masalalari», 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu247.
Ilmiy maslahatchi: Esanova Zamira Normurotovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Dsc 32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Aminjonova Matlyuba Axmedovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xabibullaev Davlatjon Yulchiboevich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda dalillarni baholashning protsessual masalalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha bo‘lgan jarayonda notarial tartibda dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli ekanligi asoslantirilgan;
taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlari deganda ish uchun ahamiyatga ega holatlar haqidagi ma’lumotlarni sudga bildirish ekanligi, taraflar, uchinchi shaxslar va ular vakillarining tushuntirishlari og‘zaki tarzda ham, yozma ko‘rinishda ham berilishi hamda videokonferensaloqa yo‘li bilan olinishi mumkinligi asoslantirib berilgan;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan chet davlatdan olingan hujjatlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan hollardagina sud tomonidan yozma dalil deb tan olinishi mumkinligi va ularga umumiy asoslarda baho berilishi asoslantirilgan;
audio yoki videoyozuvni taqdim etgan yoki uni talab qilib olish to‘g‘risida iltimosnoma bergan shaxs, yozuv qachon, kim tomonidan va qanday sharoitlarda (holatlarda) amalga oshirilganligini ko‘rsatishi shartligi asoslantirilgan;
har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillar majmui esa – etarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozimligi, dalillarga baho berish mantiqiy, haqiqiy holatga muvofiq bo‘lishi, baho berish natijalari esa sud hujjatida aks ettirilishi, agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqarishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda dalillarni baholashning protsessual masalalari bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha bo‘lgan jarayonda notarial tartibda dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 76-moddasi ikkinchi qismda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 7 dekabrdagi 05/1-01-207-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif dalillarni ta’minlash choralarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlari deganda, ushbu shaxslar va ularning vakillari tomonidan ish uchun ahamiyatga ega holatlar haqidagi ma’lumotlarni sudga bildirish ekanligi, og‘zaki tarzda ham va yozma ko‘rinishda ham berilishi hamda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yo‘li bilan olinishi mumkinligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.12.2020 yildagi 35-son «Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 26 noyabrdagi 11-81-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif dalil sifatida taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari shakli va ularni olish usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan chet davlatda olingan hujjatlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan hollardagina sud tomonidan yozma dalil deb tan olinishi mumkinligi va ularga umumiy asoslarda baho berilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi 35-son «Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 26 noyabrdagi 11-81-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif chet davlatlarda olingan hujjatlarni dalil sifatida tan olish va ularga baho berishning protsessual tartibini aniqlashtirish imkonini bergan;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida saqlagan audio yoki videoyozuvlar, elektron pochta yoki boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan yozishmalar sud tomonidan boshqa dalillar majmuida baholanishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi 35-son «Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 26 noyabrdagi 11-81-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif audio yoki videoyozuvlarni dalil sifatida baholash mexanizmlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillar majmui esa – etarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozimligi, dalillarga baho berish mantiqiy, haqiqiy holatga muvofiq bo‘lishi, baho berish natijalari esa sud hujjatida aks ettirilishi, agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqarishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020 yil 19 dekabrdagi 35-son «Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 26 noyabrdagi 11-81-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif dalillarga baho berish mezonlarini aniqlash va ularni qo‘llashning protsessual tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish