Ruziev Ilxomjon Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan erlarni gidrogeologik-meliorativ monitoring qilish va GAT texnologiyalari yordamida takomillashtirish”, 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2029.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich texnika fanlari doktori, dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori, professor,
Paluashova Gauxaray Kalbaevna, PhD dotsent
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy unversitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlarni gidrogeologik-meliorativ monitoringini olib borish jarayonini GAT-texnologiyalarining Interpolation (Kriging, IDW) usullari yordamida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sizot suvlarining sathini va umumiy minerallashuvini masofadan “Gidrogeomonitor” ( GGM-1) qurilmasi yordamida monitoringi GAT texnologiyasining Arc Gis dasturi Map Alegebra va interpolation IDW usullari yordamida takomillashtirilgan;
gidrogeologik tizimlarning texnik va ekspluatatsion holatining nazoratini amalga oshirish usuli geoaxborot tizimlari orqali ishlab chiqilgan;
gidrogeologik tizimlarining gidrogeologik parametrlarini hisoblash usuli WorldViev2 va Landsat sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali takomillashtirilgan;
tuproq sho‘rlanishini monitoring qilishda NDVI tasvirlari orqali tahlil qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va xaritasi MODIS sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan erlarning gidrogeologik-meliorativ monitoring qilish va GAT texnologiyalari yordamida takomillashtirish usullari orqali olingan natijalari asosida:
sug‘oriladigan erlarning gidrogeologik monitoringini hisoblash va nazoratini geoinformatsion texnologiyasi orqali amalga oshirish usuli Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi, xususan Sirdaryo viloyati fermer xo‘jaliklarining sug‘orish maydonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/022-2-3724-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarining joriy etilishi fermer xo‘jaliklarida sug‘oriladigan erlarni gidrogeologik-meliorativ monitoringini geoaxborot tizimlari (GAT) orqali amalga oshirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash imkonini bergan;
sug‘oriladigan erlardagi gidrogeologik-meliorativ monitoring amalga oshirishda masofadan tadqiqot ob’ektlarni o‘rganish (MOO‘) va geoaxborot tizimlari (GAT) ma’lumotlar va usullarini qo‘llashga GAT texnologiyalaridan foydalanib, ma’lumotlar bazasi va xaritalar yaratishga va masofadan ma’lumotlar bazasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash bo‘yicha algoritmi ishlab chiqilib, xususan Sirdaryo viloyati Oqoltin, Mirzabod, Xovos tumanlardagi sug‘oriladigan erlarda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 02/022-2-3724-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlarni masofadan turib tezkor tahlil qilib, samarali chora tadbirlar ishlab chiqishga erishilgan;
sirdaryo viloyati sug‘oriladigan erlardagi gidrogeologik-meliorativ holatini kuzatishda masofadan o‘rganuvchi operativ xaritalashtirish metodikasini ishlab chiqilib, xususan Sirdaryo viloyati meliorativ ekspedisiyasiga joriy qilindi. (Sirdaryo viloyati meliorativ ekspedisiyasining 2019 yil 27 dekabrdagi dalolatnomasi). Natijada, Arc Map dasturining Kriging Geodatabase interpolation metodi orqali er osti suvlarining gidrodinamik va er osti suvlarning kimyoviy tarkibini shakillantirishning toifalari joylashuvining ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini GAT texnika va texnologiyalar orqali aniqlash imkoniyatini bergan.