Matkarimova Nigora Sagdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori yog‘ kislotalari hosilalarini olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1402.
Ilmiy rahbar: Maksumova Oyto‘ra Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Rixsivoy, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moylari tarkibidan erkin yog‘ kislotalar, xususan olein kislotani ajratish va uning hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kungaboqar moyidan past haroratda (-3S) krioskopik usulda erkin olein kislota ajratib olingan;
olein kislotani piperidin bilan amidlash, sul`fat kislota bilan sul`fatlash va ammoniy gidroksid hamda dietanolamin bilan to‘rtlamchi tuz hosil bo‘lish jarayonlari maqbul sharoitlari aniqlangan;
to‘rtlamchi tuzning yuvuvchi, yumshatuvchi va emul`girlovchi hususiyatlari Devis usuli bo‘yicha gidrofil`-lipofil balans soni orqali asoslangan;
sintez qilingan to‘rtlamchi tuzning turli konsentratsiyalarda sirt tarangligi aniqlanib, ko‘piklanishi va bioparchalanishi, 0,25 % konsentratsiyada sirt yuzani 72 dan 41 N/m gacha kamaytirishi va 98 % gacha bioparchalanishi isbotlangan;
gel molekulasi tarkibidagi gidrofil va gidrofob fazalarning qatlam hosil qilmay birikish jarayoniga, lesitinning emul`gatorlik ta’siri asoslangan;
o‘simlik moylari tarkibidan olein kislotani ajratish va uning hosilalarini olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori yog‘ kislotalarini ajratish, bioparchalanish ko‘rsatgichi yuqori sirt faol modda ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olein kislotani ajratish texnologiyasi «Uchqo‘rg‘on Yog‘-moy» AJda amaliyotga joriy qilingan («UCHQO’RG’ON-YOG’» AJning 2021 yil 2 dekabridagi 413-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona mahsuloti hisoblangan kungaboqar donini dastlabki qayta ishlashdan olingan yuqori yog‘ kislotalari tarkibidan olein kislotani ajratish imkonini bergan;
kungaboqar moyidan ajratilgan olein kislotani sulfoamidlash texnologiyasi «HAYAT COSMETICS» MChJda amaliyotga joriy qilingan («UCHQO’RG’ON-YOG’» AJning 2021 yil 2 dekabridagi 413-son ma’lumotnomasi). Natijada, import hisobiga sotib olinuvchi «BEFASIL» sintetik tarkib komponentini, tabiiy va bioparchalanish ko‘rsatgichi yuqori bo‘lgan sirt faol modda bilan to‘liq almashtirish imkonini bergan;
kungaboqar moyidan ajratilgan olein kislotani olein kislota va lisetin asosida mikroblarga qarshi antibakterial faol «LOKE» kompozit geli «AgroKimyo Standart» MChJda amaliyotga joriy qilingan («UCHQO’RG’ON-YOG’» AJning 2021 yil 2 dekabridagi 413-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyotda tashqi qo‘llash uchun samarali dori vosita ishlab chiqarish imkonini bergan.