Abdug‘aniev Oybek Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sirdaryo daryosi o‘rta oqimi suv havzalari yirtqich baliqlari gel`mintlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B314.
Ilmiy rahbar: Shakarboev Erkinjon Berdikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.91.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor; Boymurodov Xusniddin Toshbultaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo daryosi o‘rta oqimi suv havzalari yirtqich baliqlari gel`mintlarining tur tarkibi, gel`mintofaunaning shakllanish yo‘llarini aniqlash hamda gel`mintozlarga qarshi kurashishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo o‘rta oqimi suv havzalari yirtqich baliqlari (oddiy laqqa - Silurus glanis Linnaeus, 1758, oq sla - Sander lucioperca Linnaeus, 1758, cho‘rtanbaliq -  Esox lucius Linnaeus, 1758) gel`mint turlarining zamonaviy holati tahlil qiqlinib, 3 tip, 4 sinf, 13 turkum, 22 oila, 32 avlodga mansub 35 turi qayd etilgan, ularning 24 turi biogel`mintlar, 11 turi esa geogel`mintlar guruhiga mansubligi aniqlangan;
oddiy laqqa - Silurus glanis balig‘ida 29 tur, oq sla - Sander lucioperca balig‘ida 19 tur, cho‘rtanbaliqda - Esox lucius 22 tur gel`mint qayd etilgan bo‘lib, baliqlarning umumiy zararlanishi 0,3 – 32,1% ni, invaziya intensivligi esa,  1-72 nusxani tashkil etishi ochib berilgan;
yirtqich baliqlar gel`mintofaunasining suv havzalari tiplariga bog‘liqligi asoslangan;
yirtqich baliqlar va ularning gel`mintlari o‘rtasida biotsenotik aloqalari hamda Sirdaryo o‘rta oqimi suv havzalarida yirtqich baliqlar gel`mintofaunistik komplekslarining shakllanish yo‘llari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sirdaryo daryosi o‘rta oqimi suv havzalari yirtqich baliqlari gel`mintlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yirtqich baliqlar gel`mintozlari va ularning oldini olish chora-tadbirlari hamda tabiiy va sun’iy suv havzalari yirtqich baliqlari populyasiyalari miqdorini xisobga olish va monitoringini yuritish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy bo‘limlari faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 19 noyabrdagi 01/23-2091-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirtqich baliqlarning gel`mintoz kasalliklarini tashhislash, monitoring qilish va invaziyalarga qarshi kurashish hamda baliqlar mahsuldorligini oshirish imkonini bergan;
Sirdaryo o‘rta oqimi suv havzalari tarqalgan yirtqich baliqlar gel`mintlarining 15 turga mansub, 295 nusxa gel`ment namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 20 avgustdagi 4/1255-2321-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari respublikamizning turli suv havzalari yirtqich baliqlar gel`mintlarining zamonaviy holatini baholash hamda gel`mentlarning taksonomik tarkibini aniqlash imkonini bergan;
oq sla Sander lucioperca balig‘i ligulidozining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 9 noyabrdagi №01/18-2411-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqlarning ligulidozdan nobud bo‘lishini oldini olish, suvning ifloslanish darajasini keskin kamaytirish hamda suv havzalari ekologik muhitining tozalanish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish