Buxorov Shuxrat Bo‘rievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mineral rudalarni flotatsion boyitish uchun mahalliy xomashyo asosida yig‘uvchilar sintezi va tadqiqi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi meteriallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T472.
Ilmiy maslahatchilar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Bisit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sil`vinit rudalarini flotatsion boyitish uchun mahalliy xomashyolar asosida yangi yuqori samarali yig‘uvchilar va ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘ kislotalari asosida alifatik aminlar aralashmasi sintez qilingan va uning eritmasini minimal misella hosil qilish konsentratsiyalari (KKM=145 mg/l) 25-30 ºS haroratda kuzatilishi aniqlangan;
ishlatilgan geksanni engil uchuvchan va asosiy qismlaridan (S11-18 fraksiyasi) haydash jarayonini davriy ravishda 150-280 ºS haroratda va normal atmosfera bosimida olib borish maqbul sharoit ekanligi aniqlangan;
yuqori haroratda KCl flotatsiyasi unimiga S14 – 0,83; S16 – 12,1; S18 – 45,2 va S20˂24 – 17,40% tashkil etuvchi alifatik amin uglevodorod radikalining fraksion tarkibi bog‘liqligi aniqlangan;
yuqori konsentratsiyadagi KCl ning flotatsiya jarayoni o‘rtacha unimi mavjud aralashmani qo‘llaganga nisbatan 86,8 dan 89,8 % gacha ortishi, sintez qilingan amin va suyuq parafin aralashmasini mos ravishda 40 va 15 g/t qo‘llashdan sinergetik effektni isbotlangan; 
dastlabki flotatsiya uchun optimal flokulyant sarfi rudadagi erimaydigan cho‘kma massasiga mos bo‘lishi va PAA va ionogen bo‘lmagan SFM birgalikda ishlatish kamida 15-30 g/t bo‘lishi isbotlangan;
alifatik amin va suyuq parafin olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sil`vinit rudasini boyitish uchun flotatsion reagentlarni olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyuq parafin olish uchun texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tamonidan tasdiqlangan (Ts 21983917-003:2020). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
sil`vinit rudalarini flotatsiya qilish uchun apolyar reagent - suyuq parafin olish usuli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 2021 yil 7 dekabrdagi 01-029/3956-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu apolyar yig‘uvchining import analogi o‘rnini to‘liq bosuvchi reagent olish imkonini bergan;
yog‘ kislotalari asosida olingan flotatsion yig‘uvchisi - alifatik amin yordamida sil`vinit rudalarini ajratish texnologiyasi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 2021 yil 07 dekabrdagi 01-029/3956-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan aminning flotatsiya faolligi import asosidagi amin bilan 97,5% ga o‘xshashligi sil`vinit rudasi flotatsiyasida uni almashtirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish