Durmanov Akmal Shaymardanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.3.PhD/Iqt1087.
Ilmiy rahbar: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc); Dusmuratov Radjapboy Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rivojlan-tirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqxonalarda etishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining tashqi bozordagi raqobatbardoshlik darajasini “past” (0-0,16), “o‘rtacha” (0,16-0,26) va “yuqori” (0,26-1) integral mezonlari asosida aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sherikligi asosida resurstejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan sabzavotchilik issiqxonalarining “Sirdaryo hududiy sabzavotchilik klasteri”ni tashkil etish taklif etilgan;
iqtisodiy manfaatdorlik, infratuzilmalar va bozor kon’yunkturasi kabi omillarning sabzavot mahsulotlari etishtirishga ta’sir darajalari asosida issiqxonalarda ekinlarni maqbul joylashtirish ssenariylari taklif etilgan;
ochiq va yopiq himoyalangan erlarda eksportbop sabzavot mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan, energotejamkor texnologiyalar joriy qilingan “aqlli” issiqxona xo‘jaliklarida sabzavot mahsulotlarini etishtirishning 2030 yilgacha istiqbolli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqxonalarda etishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining tashqi bozordagi raqobatbardoshlik darajasini integral mezonlar asosida aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 05/032-4158-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavot mahsulotlarini xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshlik darajasi ishlab chiqarish hajmi va uning qiymati, ichki bozorda mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish, iqlim sharoitlari, geosiyosiy vaziyat, savdoni erkinlashtirish kabi omillardan iborat xalqaro uslubiyotlar asosida baholanib, mamlakatimizning raqobatbardoshlik integral bahosi 0,14 (past (0-0,16) ekanligi aniqlangan;
davlat-xususiy sherikligi asosida resurstejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan sabzavotchilik issiqxonalarining “Sirdaryo hududiy sabzavotchilik klasteri”ni tashkil etish bo‘yicha taklifi Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 05/032-4158-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqxona mahsulotini etkazib berilishi hisobiga “Bek cluster” MChJ QKning ishlab chiqarish-tashish xarajatlari 6,8 mln. so‘m, o‘rtacha sotish narxi 7 ming so‘m/kg bo‘lganda, yillik daromadi qo‘shimcha 10630 mln. so‘mga oshishi asoslangan;
iqtisodiy manfaatdorlik, infratuzilmalar va bozor kon’yunkturasi kabi omillarning sabzavot mahsulotlari etishtirishga ta’sir darajalari asosida issiqxonalarda ekinlarni maqbul joylashtirish ssenariylari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 05/032-4158-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqxonalarda sabzavot mahsulotlarini etishtirish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning ishonchlilik darajasi 0,88 koeffisientga teng ekanligi aniqlanib, ekinlarni maqbul joylashtirish bo‘yicha ssenariylar taklif etilgan;
ochiq va yopiq himoyalangan erlarda eksportbop sabzavot mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan, energotejamkor texnologiyalar joriy qilingan “aqlli” issiqxona xo‘jaliklarida sabzavot mahsulotlarini etishtirishning 2030 yilgacha istiqbolli prognozi O‘zbekicton Recpublikaci Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 dekabrdagi 05/032-4158-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2030 yilga borib, issiqxonalarda 3,5 mln. tonnadan ortiq pomidor va 1,2 mln. tonnaga yaqin bodring, 1,6 mln. tonna sitrus mevalar va 1,3 mln. tonnaga yaqin karam va boshqa mahsulotlar etishtirilishi bashorat qilingan.