Yusupov Sardorbek Bahodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat byudjeti ustidan parlament nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.11 – Parlament huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Yu163.
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Raxim Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02. 
Rasmiy opponentlar: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Yakubov Shuhrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi davlat byudjeti ustidan parlament nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublika byudjetining qo‘shimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablag‘lari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalanilishi hamda foydalanilgan mablag‘lar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga har chorakda hisobot taqdim etilishi zarurligi asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasi Senatini davlat byudjeti ustidan parlament nazoratini bevosita amalga oshiruvchi vakolatli sub’ekt ekanligini asoslab berilgan; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatli vakili tomonidan davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni bir vaqtni o‘zida Oliy Majlisning har ikkala palatalariga taqdim etishi zarurligi asoslangan; 
fraksiyalar va Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari Davlat byudjetining daromad qismi ijrosi, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati hamda ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan qo‘shimcha axborot tariqasida talab qilib olish huquqiga ega ekanligi asoslab berilgan;
davlat byudjetining har chorakdagi va yillik hisoboti ijrosini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish,  ushbu muhokamalarda senatorlarning fikrlari va takliflarini eshitish mexanizmlarini joriy qilish zarurligi asoslangan;
davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot fraksiyalarda, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalarida muhokama qilinganidan keyin Senatning qarori bilan tasdiqlanishi zarurligi asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan: 
Respublika byudjetining qo‘shimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablag‘lari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalanilishi hamda foydalanilgan mablag‘lar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga har chorakda hisobot taqdim etilishi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddaning to‘rtinchi qismini yangi tahrirda tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 05/1-01-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati davlat byudjetining ijrosi ustidan bevosita parlament nazoratini amalga oshiruvchi sub’ekt ekanligining huquqiy asoslarini joriy qilish haqidagi taklif «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 7-moddasi birinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 05/1-01-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishda parlamentning yuqori palatasi ishtirokini ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatli vakili tomonidan davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni bir vaqtni o‘zida Oliy Majlisning har ikkala palatalariga taqdim etishi zarurligi haqidagi taklif «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 24.1-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 05/1-01-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Davlat byudjeti loyihasini ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi bilan bir qatorda Senatga ham ko‘maklashishiga  xizmat qilgan;
fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari Davlat byudjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni shuningdek, ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkinligi haqidagi taklif «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 7-moddasi beshinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 05/1-01-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda parlament a’zolariga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etish huquqini berishga xizmat qilgan;
davlat byudjetining har chorakdagi va yillik hisoboti ijrosini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish,  ushbu muhokamalarda senatorlarning fikrlari va takliflarini eshitish mexanizmlarini joriy qilish zarurligi haqidagi takliflar «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 7-moddasi ikkinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 05/1-01-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi davlat byudjetining har chorakdagi ijrosining borishini ko‘rib chiqish chog‘ida parlamentning yuqori palatasi ishtirokini ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot fraksiyalarda, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalarida muhokama qilinganidan keyin Senatning qarori bilan tasdiqlanishi haqidagi taklif «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 7-moddasi 6-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 05/1-01-173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot parlamentning quyi palatasi bilan bir qatorda yuqori palatasining qarori bilan tasdiqlanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish