Abduraximova Lola Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda innovatsion va simulyasion ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiyasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped203.
Ilmiy maslahatchi: Gadaev Abdig‘affar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 (Bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jabborov Azim Ataxanovich, tibbiyot fanlari doktori; Tajiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda innovatsion va simulyasion ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagoglarning simulyasion muhitda kreativ fikrlashi, innovatsion faoliyatga tayyorligi, shaxsiy hususiyatlari va kasbiy ijodkorligi kabi oilaviy shifokor mutaxassisligiga xos sifatlari immitatsion faoliyatga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan; 
o‘qitish jarayonida talabalar kasbiy kompetentligining shakllanish darajasiga ta’sir qiluvchi sifatlari immitatsion ta’limga asoslangan holda amaliy ko‘nikmalarni avtomatizm darajasida o‘zlashtirishga qaratilgan “Standartlashtirilgan bemor”, “Virtual bemor”, “Academix 3D” kabi simulyasion texnologiyalarni kiritish orqali  takomillashtirilgan;
klinik fikrlash kompetensiyalarining asosiy darajalari va sharoitlari Simulation ta’lim muhitida innovatsion menejmentlikning ko‘p tarkibiy qismli tashkiliy-tuzilmaviy modelining shaxsga yo‘naltirilganlik va funksionalistik jihatlarini oliy ta’lim tizimiga assotsiativ moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
mutaxassislar kasbiy kompetensiyalarining rivojlanganlik darajalarini aniqlash metodikasi innovatsion va sindromal yondashuvga tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan “Informatsion-kommunikatsion-innovatsion-verifikatsion” («ICIV» range) texnologiyasining komponentlarining maqbul integratsiyasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlarini rivojlantirishga qaratilgan simulyasion jarayonda klinik fanlararo integratsiyani ta’minlash uchun immitatsion tizimning rivojlanishiga xizmat qiluvchi o‘quv dasturlari mazmuni vaziyatli topshiriqlar va muammoli ta’lim texnologiyasining gorizontal va vertikal integrallashuvini hisobga olish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion va simulyasion ta’lim muhitida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot  natijalari asosida ishlab chiqilgan:
tibbiy ta’lim jarayonida qiyosiy  yondoshuv asosida xorijiy davlatlarning tibbiyot yo‘nalishlarida “premedikal” va “medikal” fanlari tahlillari asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirishga oid takliflaridan 2021 yil 16 avgustda 4-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan bakalariatning o‘quv rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 27 yanvardagi 02/01-02-22-son  dalolatnomasi). “Kasbiy  ta’lim” va “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimi doirasida simulyasion o‘qitish kursi dasturlarining metodik ta’minoti yaratilgan;
tibbiy ta’lim jarayonida klinik fanlarni o‘qitishning o‘ziga hos  tomonlarini inobatga olgan holda yangi pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish hamda mazkur jarayonni rivojlantirishda simulyasion texnologiyalarni qo‘llashda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti “Kasbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayonida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 oktyabrdagi 8n-3/317 – son xulosasi). Mazkur tavsiyalar o‘quv jarayonida interfaol usullarni mashg‘ulot maqsadi va tartibiga ko‘ra maqsadli qo‘llash samaradorligini oshirish, simulyasion o‘qitish usullarini qo‘llash yordamida tibbiyot xodimlarini tayyorlashda amaliy ko‘nikmalarni avtomatizm darajasida egallash va simulyasion texnologiyalardan unumli foydalanish imkonini bergan; 
ta’lim jarayonining fanlar aro integratsiyasini inobatga olgan holda modul tuzilmasini shakllantirish, klinik fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy izlanuvchanlikka yo‘naltirish va mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayoni transformatsiyasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 27 yanvardagi 02/01-02-22-son dalolatnomasi). Tibbiyot yo‘nalishidagi o‘quv rejalardagi fanlarning mantiqiy bog‘liqligi ta’minlanib, premedikal va medikal fanlar bo‘yicha modullar shakllantirish imkoni vujudga kelgan;
 malakali kadrlar tayyorlashda innovatsion va simulyasion ta’lim tizimini o‘quv jarayoniga integratsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan o‘quv –uslubiy va ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning tibbiy ta’lim amaliyotiga, xususan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, Toshkent davlat  stomatologiya instituti hamda TTA Urganch va Termez filiallari ta’lim jarayoni  amaliyotiga tadbiq etishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi 08- 09/19181-son xulosasi). Tibbiy ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik interfaol usullarni hamda simulyasion texnologiyalarni qo‘llash natijasida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarni egallashlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining oshishi hamda o‘quv jarayonida simulyasion texnologiyalarni keng qo‘llash, elektron dasturlardan unumli foydalanish imkonini bergan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida malakali kadrlarni tayyorlashda simulyasion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga doir takliflardan  “60910200”-Davolash ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 27 yanvardagi 02/01-02-22-son dalolatnomasi). Natijada innovatsion ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar va dastur yaratishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish