
2022 yil 8 aprel` kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari ishtirokida “Ma’naviyat va ma’rifat soati” doirasida “Yangi O‘zbekiston sharoitida yuridik ilmiy kadrlarni tayyorlash va yuridik fanni rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining vakili, Bosh prokuraturaning mas’ul xodimlari, Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlari qatnashdi.
Ko‘plab tadqiqotchilarning talab va takliflari asosida ma’ruzaga jalb etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bosh ilmiy kotibi, t.f.d., professor Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi va talablari, so‘nggi vaqtlarda ilmiy darajalar berish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, sohada uchrayotgan muammolar va ularning hal etishiga oid masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari ilmiy tadqiqot jarayonlarining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan savollar bilan faol ishtirok etdi.
Manba: https://t.me/uzbprokuratura