Jo‘raev Bahromning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida yuridik tushunchalar shakllanishining psixologik asoslari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Psi11.

Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: G‘oziev Ergash G‘ozievich, psixologiya fanlari doktori, professor;Mamatov Xudoyor Teshaevich,  yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida yuridik tushunchalar shakllanishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida  tushunchalar shakllanishining pedagogik-psixologik diagnostik tizimi o‘qituvchi bilan o‘quvchi faoliyatini baholash, fanni o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ahamiyatini baholash  metodikalarini yaratilishi va  tatbiq qilinishi asosida  takomillashtirilgan;

kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida yuridik tushunchalar shakllanishining  kognitiv, kommunikativ va konativ xususiyatlari hamda o‘quv-uslubiy komponentlari aniqlangan;

o‘quvchilarda yuridik tushunchalarni shakllanish mexanizmlari asab tizimining individual-psixologik xususiyatlariga ko‘ra aniqlangan;

 o‘quvchilarda yuridik tushunchalar shakllanishini samarali tashkil etish bo‘yicha psixologik rivojlantirish dasturi  ishlab chiqilgan;

o‘quvchilarda yuridik tushunchalarni shakllanish modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida yuridik tushunchalar shakllanishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida yuridik tushunchalar  shakllanishining psixologik xususiyatlarini tahlil qiluvchi metodikalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi «Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 263-son qarori bilan tasdiqlangan «2016–2019 yillarda ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish dasturi»da me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan  (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2016 yil 22 sentyabrdagi 06/512-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning huquqiy tushunchalarning mazmun-mohiyatini to‘liq o‘zlashtirish imkonini bergan;

kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida yuridik tushunchalar shakllanishining  kognitiv, kommunikativ va konativ xususiyatlari hamda o‘quv-uslubiy komponentlarini aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 iyundagi 56-son bayoni bilan tasdiqlangan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturining me’yoriy-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 10 oktyabridagi 259-son  ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi loyihalashtirilgan;

o‘quvchilarda yuridik tushunchalar shakllanishi mexanizmlarining asab tizimi individual-psixologik xususiyatlarini takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 apreldagi «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi mexanizmini tatbiq etishning amaliy jihatlari to‘g‘risida»gi 49-son bayoni hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 10 oktyabridagi 259-son  ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir treninglar majmui ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan;

o‘quvchilarda yuridik tushunchalar shakllanish modelini takomillashtirishga doir takliflardan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida amalga oshirilgan A-1-026 raqamli «Bolalikni muhofazalashda yaqin kattalar orqali axborot xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik yo‘llari» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihaning III bobini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining  2016 yil 30 sentyabrdagi 06/532-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bolalarning axborot-kommunikatsiya sohasiga oid huquqiy tushunchalarni o‘zlashtirish darajalarini baholashga doir ijtimoiy-psixologik so‘rovnomalar ishlab chiqishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish