Mardonov Jamshid Normurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lazer va yorug‘lik diodli nurlatishlarning reparativ jarayonlar, mikrotsirkulyasiya va tikuv materiallarining biologik to‘qimalar bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir etishi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib489
Ilmiy rahbar: Baybekov Iskander Muxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Magrupov Baxodir Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Israilov Rajabbay Israilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lazerli va yorug‘lik diodli nurlatishlarni jarrohlikda reparativ jarayonlar stimulyasiyasini rag‘batlantirish hamda bioto‘qimalar bilan tikuv materiallari o‘zaro ta’sirlashuvida patologik reaksiyalarni pasaytirishda qo‘llashni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiyadan keyin yuzaga keladigan yarani bitish jarayonlariga past intensivli lazerli va yorug‘li diodli nurlatishlarning ijobiy ta’siri qiyosiy baholangan;
tajriba sharoitida operatsiyadan keyin teri va mushak to‘qimalaridagi reparativ jarayonlarni rag‘batlantirish maqsadida past intensivli lazerli va yorug‘li diodli nurlatishlar bilan ta’sir etishning optimal tartibi ishlab chiqilgan;
zamonaviy jarrohlikda qo‘llaniladigan monofilament hamda polifilament tikuv materiallarning to‘qimalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvidagi yallig‘llanishning rivojlanish darajasi aniqlangan;
past intensivli lazerli hamda yorug‘li diodli nurlatishlarda diskotsit va eritrotsitlar patologik shakllarining nisbatiga baho berish shuningdek lazerli doppler floumetriyasi yordamida yaraning mikrotsirkulyasiya faoliyatini baholash orqali reparativ jarayonlarning tezlashishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lazer va yorug‘lik diodli nurlatishlarning reparativ jarayonlar, mikrotsirkulyasiya va tikuv materiallarining biologik to‘qimalar bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir etishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jarohat to‘qimalari va kapron iplarining o‘zaro ta’sirlashuviga lazer va LED nurlatishining ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jarohat to‘qimalari va kapron iplarining o‘zaro ta’sirlashuviga lazer va LED nurlatishining ta’sirini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 maydagi 8n-d/173-son xulosasi). Natijada jarohat to‘qimalari va kapron iplarining o‘zaro ta’sirlashuviga lazer va LED nurlatishining ta’sirini baholash imkonini bergan;
lazer va yorug‘lik diodli nurlatishlarning reparativ jarayonlar, mikrotsirkulyasiya va tikuv materiallarining biologik to‘qimalar bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir etishi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jarohat to‘qimalari va etibond iplarning o‘zaro ta’siri hamda ularni bitishida lazer va LED nurlatishining ta’sirini asoslash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 maydagi 8n-d/173-son xulosasi). Natijada jarrohlikda kompleks davolashda lazerli texnologiyalardan foydalanish orqali kasalliklarni va ularning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan jarohat to‘qimalari va kapron iplarining o‘zaro ta’sirlashuviga lazer va LED nurlatishining ta’sirini baholash imkonini bergan;
lazer va yorug‘lik diodli nurlatishlarning reparativ jarayonlar, mikrotsirkulyasiya va tikuv materiallarining biologik to‘qimalar bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir etishini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot institutining birinchi shifoxonasi va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limlari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 fevraldagi 08-09/5592-son xulosasi). Natijada lazerli va yorug‘lik diodli nurlatishni reparativ jarayonlarga, mikrotsirkulyasiyaga va bioto‘qimalar bilan tikuv materiallari o‘zaro ta’sirlashuviga ta’siri jarroxlik va ularning asoratlarini davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.